Bo’lginchi terror tashkiloti PKKga qarata operatsiya esa to‘xtovsiz davom etmoqda.

Hakkarining Chukurja tumanida, bo’lginchi terror tashkiloti PKK a’zosi terroristlar havon hujumi oqibatida 1 nafar askar shahid bo’ldi.

598336

Ayni hududda, terroristlar joylashtirgan minaga bosgan 1 nafar askar esa og’ir yaralandi.

Bingo’lning Kig’i tumanida esa bo’lginchi terror tashkiloti PKK oldindan o’rnatgan qo’l bombasining portlashi oqibatida 1 nafar askar shahid bo’ldi.

Xavfsizlik manbalaridan olingan ma’lumotga ko’ra, terror tashkiloti PKKga qarata uyushtirgan operatsiyada,  Bingo’l- Tunjeli chegarasidagi Qizilmasjit  mavqeda, terroristlar tomonidan joylashtirilgan qo’l bilan yasalgan portlovchi modda portlatildi. Hujumda 1 nafar askar shahid bo’ldi.  

Shahid janozasi Bingo’lda uyushtirilgan marosimning ortidan  tug’ilgan joyiga  kuzatildi.

Bo’lginchi terror tashkiloti PKKga qarata operatsiya esa to‘xtovsiz davom etmoqda.

Operatsiyalar doirasida Hakkari Chukurjada 5 nafar terrorist ta’sirsiz holga keltirildi.

Diyabakir Lijeda uyushtirilgan havo harakatida ham terror  mo’ljallari bartaraf qilindi.

Bingo’l Genchda esa 1 nafar terrorist va quroli bilan qo’lga olindi.

Mintaqada izlash faoliyatlarida terroristlarga oid qurol va oq-dorilar qo’lga kiritildi, qo’l bilan yasalgan portlovchilar esa  bartaraf qilindi.

Aloqador xabarlar