Bekir Bozdag’, AQSh Adliya vaziri bilan Gulenning ekstraditsiya qilinishini muhokama qildi

Adliya vaziri Bekir Bozdag’, Fetullahchi terror tashkiloti to’da boshi Fetullah Gulenning ekstraditsiya qilinishi to’g’risida Amerika Qo’shma Shtatlari Adliya vaziri Loretta Lynch bilan uchrashdi.

598103
Bekir Bozdag’, AQSh Adliya vaziri bilan Gulenning ekstraditsiya qilinishini muhokama qildi

Adliya vaziri Bekir Bozdag’, Fetullahchi terror tashkiloti to’da boshi Fetullah Gulenning ekstraditsiya qilinishi to’g’risida Amerika Qo’shma Shtatlari Adliya vaziri Loretta Lynch bilan uchrashdi. Uchrashuv chog’ida Fetullah Gulenning vaqtinchalik nazorat ostiga olinishi uchun qo’shimcha dalillar taqdim etdi.

Gulenning ekstraditsiya qilinishi uchun AQShga ziyorat uyushtirgan Bekir Bozdag’ poytaxt Vashingtonda Lynch bilan uchrashar ekan uchrashuv ortidan Turkiyaning Vashington elchisi qarorgohida matbuot anjumani uyushtirdi.

Anjumanda, Qo’shma shtatlariga, to’ntarish tashabbusi mazmunidagi dalillarga qaraganda ko’proq 2016-yilning 15-iyulidan oldingi voqealar to’g’risida qo’shimcha dalillar taqdim etganliklarini belgilab o’tgan Bozdag’, Fetullah Gulenning ekstraditsiya qilinishi to’g’risidagi AQSh faoliyatini e’tiborga olib, buning ortidan Gulenning vasvasaga tushganligini, shu doirada boshqa davlatga qochish payida ekanligini ta’kidladi.

Fetullah Gulenning qochmoqchi bo’lgan davlatlarini atab o’tgan Bozdag’,

“Belgiya, Braziliya, Kanada kabi davlatlardan o’ziga maqul o’rin qidirganligiga doir turk razvedkasida kuchli ma’lumotlar bor. Bu haqida biz AQShga avval ham ma’lumot bergan edik. Bu gal yana bir bor eslatdik” deya gapirdi.

Lynch bilan mazmunli uchrashuv o’tkazganliklarini aytib o’tgan Bozdag’, FETO asoschisi va rahbari terrorist Fetullah Gulenning15-iyul va undan oldin qo’l urgan jinoyatlari yuzasidan uning vaqtinchalik nazorat ostiga olinishi masalasini muhokama qilganliklarini bildirdi.

Bozdag’,

“Birinchi marotaba Turk adliya vaziri bir aybdorning ekstraditsiya qilinishi uchun amerikalik kasbdoshi bilan uchrashdi. Bu vaziyat, Gulenning ekstraditsiya qilinishining turk xalqi va Turkiya jihatidan qanchalik muhim ekanligining ko’rsatkichidir” dedi.  

Bozdag’, Fetullah terror tashkiloti to’da boshining o’z tashkilotini Pensilvaniyadan boshqarishni davom ettirganligini eslatar ekan, buning to’xtatilishi kerakligini hurmatli kasbdoshiga yetkazganligini ham qo’shimchaladi.

Turkiya Gulenning ekstraditsiya qilinishini AQShdan talab qilar ekan Sud jarayonining ham unutilmaganligini ta’kidlagan Bozdag’,

“Biz AQShdan Gulenning ekstraditsiya qilinishini talab qilar ekanmiz aslo Sud jarayonini unutganimiz yo’q. Albatta Sud jarayoni davom etsin, u jarayonning yakunida Turkiya kutgan qarorning qabul qilinajagiga ishonchimiz komil. Eng asosiysi Sud jarayonining boshlatilishidir. Taqdim etilgan dalilllar judayam muhimdir. Buning uchun AQSh Adliya vaziri 5 prokurorga vazifa topshirdi. Biz bu jarayonning tezlashtirilishini ham talab qildik” dedi.

  

 



Aloqador xabarlar