TBMM-da "Qahramon Kazan" va "15-iyul" to'g'risidagi qonun taklifi bir ovozdan qabul qilindi

Turkiyada 2016-yilning 15-iyuli kuni yuz bergan to’ntarish tashabbusiga qarshi Kazan tumani aholisi birinchilardan bo’lib qarshilik ko’rsatdi.

597257
TBMM-da "Qahramon Kazan" va "15-iyul" to'g'risidagi qonun taklifi bir ovozdan qabul qilindi

Turkiya poytaxti Anqaraning Kazan tumani nomining “Qahramon Kazan” deya o’zgartirilishi va 15-iyulning “Demokratiya va Milliy birlik kuni” degan nom ostida rasmiy dam olish kuni deb e’lon qilinishi to’g’risidagi qonun taklifi Turkiya Buyuk Millat Majlisida bir ovozdan qabul qilindi.

Fetullahchi terror tashkiloti Parallel Davlat tuzilmasining 15-iyuldagi to’ntarish tashabbusiga monelik qilish uchun qahramonlardek kurashgan Kazan tumaniga esa “Qahramon” unvoni berildi.  

To’ntarish tashabbusiga qarshi Kazan tumani aholisi birinchilardan bo’lib qarshilik ko’rsatishni boshladi.

Kurash chog’ida to’ntarishchilarning qal’asi hisoblangan “Akinji” kazarmasini Kazanning 8 ming kishilik aholisi bostirib kirdi.

To’ntarishga monelik qilishlik uchun F-16 urush uchoqlarining ostiga yotib, qurolsiz ravishda tanklarning yo’lini to’sishga harakat qildilar va aholisining 9 nafari shahid bo’ldi.

Parlament deputatlari va tomoshabin sifatida zalda o’rin olgan Kazan tumani munitsipalitet rahbari Lokman Erturk bilan unga hamrohlik qilgan hay’at Kazan tumani to’g’risidagi qonun taklifinining qabul qilinishini qarsaklar bilan tik turib uzoq olqishladi.

Qonunga ko’ra Anqaraning Kazan tumani nomi “Qahramon Kazan” deb o’zgarar ekan, 15-iyul esa “Demokratiya va Milliy Birlik kuni” degan nom ostida rasmiy dam olish kuni deb nishonlanadi.



Aloqador xabarlar