Ibrahim Kalin:"DAISh uchun qiyomat kuni yetib keldi”

Prezidentlik Bosh kotib o’rinbosari va voizi Ibrahim Kalin Evfrat qalqoni operatsiyasi haqida o'z fikrlarini ifoda etdi.

593009
Ibrahim Kalin:"DAISh uchun qiyomat kuni yetib keldi”

Prezidentlik Bosh kotib o’rinbosari va voizi Ibrahim Kalin Evfrat qalqoni operatsiyasini “DAISh uchun qiyomat kuni yetib keldi” so’zlari bilan baholadi.

Ayollar va demokratiya jamiyati 15 iyul voqealarida halok bo’lgan Prof. Ilhan Varank xotirasiga atab simpozium o’tkazdi.

Simpoziumda so’zga chiqqan Ibrahim Kalin Mustaqil Suriya qo’shini tomonidan qutqarilgan Dabik hududining DAISh terror tashkiloti uchun katta ahamiyatga ega ekaniga e’tibor qaratdi.

Uning aytishicha, Turkiya PKK, DAISh va Fathulloh Gulen harakatiga qarshi kurashgan NATOga a’zo birgina davlat hisoblanadi.

Evfrat qalqoni operatsiyasi haqida ma’lumot bergan Ibrahim Kalin: “Mazkur operatsiya 56 kundan beri muvaffaqiyatli davom etmoqda. Operatsiyalar chegaralarimizning xavfsizligi to’liq ta’minlangunicha, Suriya xalqi o’z vataniga qaytgunicha davom etadi. Aytib o’tish joizki, yakshanba kuni Dabik hududi ham terroristlardan tozalandi. Ularning ideologiyasiga ko’ra, qiyomat kuni ham yetib kelmadi. Aksincha, DAISh uchun qiyomat kuni keldi”,-dedi.

 



Aloqador xabarlar