Hakkari viloyati Shemdinli tumanidagi portlashda qurbonlar soni 18 nafarga yetdi

Hodisadan so’ng, Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim, Bosh vazir o’rinbosari Numan Kurtulmush, Energetika vaziri Berat Albayrak va Taraqqiyot vaziri Lutfi Elvan bayonot berdi.

585943
Hakkari viloyati Shemdinli tumanidagi portlashda qurbonlar soni 18 nafarga yetdi

Turkiyaning Hakkari viloyati Shemdinli tumanidagi portlashda qurbonlar soni ortib bormoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, portlashda 8 ta askar halok bo’lgan edi, lekin afsuski og’ir yaralangan ikkita askarning shifoxonada olamdan o’tgani xabar qilindi.

So’ngi ma’lumotlarga ko’ra, portlashda jami 18 kishi halok bo’lgan, bulardan 10 nafari askar.

Portlashda 27 askar yaralangan.

Yaradorlar Yuksekova va Shemdinli viloyatlaridagi davlat shifoxonalariga olib ketilgan.

Hududda harbiy operatsiya kuchaytirilgan vaziyatda.

Hodisadan so’ng, Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim, Bosh vazir o’rinbosari Numan Kurtulmush, Energetika vaziri Berat Albayrak va Taraqqiyot vaziri Lutfi Elvan bayonot berdi.

Binali Yildirim: “Xudkush bombachi 5 tonna portlovchi modda ortilgan kamaz transportini o’zi bilan birga portlatib yuborgan”,-dedi.

“Turkiya terrorizmga qarshi kurashini davom ettiradi. Terroristlarni mamlakatimizdan tozalash uchun, xalqimizni ulardan qutqarish uchun bor kuchimiz bilan g’ayrat ko’rsatyabmiz”,-deydi Binali Yildirim.

Bosh vazir o’rinbosari Numan Kurtulmush: “Turkiya terror tashkilotlariga taslim bo’lmaydi. Xalqimizga hamdardlik bildiraman. Bu xoin hujumni sodir qilganlar adolat oldida javob beradi”,-dedi.

Milliy Mudofaa vaziri Fikri Ishik: “Terroristlarning ildizi quritilgunicha kurashimiz davom etadi”,-dedi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu: “Shemdinlida halok bo’lgan qahramon askarlarimizga va fuqarolarimizga Allohdan rahmat, xalqimizga esa, hamdardlik bildiraman. Xoin terroristlar maqsadiga aslo erisha olmaydilar”,-dedi.

Energetika vaziri Berat Albayrak: “Do’st va hamkor davlatlar terrorizmga qarshi mushtarak kurash olib borishi zarur”,-dedi.

Jumhuriyat Xalq partiyasi rahbari Kemal Kilichdarog’lu ham terror hujumini qoralab, terroristlar aslo qora niyatiga erisha olmasligini tilga oldi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Hakkari , #portlash , #askar , #Shemdinli , #terrorist , #PKK

Aloqador xabarlar