Italiya TIV Paolo Gentiloni rasmiy safar bilan Turkiyaga tashrif buyurdi

Italiya Tashqi ishlar vaziri Paolo Gentiloni bilan Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li o’zaro uchrashuv ortidan mushtarak matbuot anjumani o’tkazdi.

584754
Italiya TIV Paolo Gentiloni rasmiy safar bilan Turkiyaga tashrif buyurdi

Italiya Tashqi ishlar vaziri Paolo Gentiloni rasmiy safar bilan Turkiyaga tashrif buyurar ekan Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li bilan o’zaro uchrashdi.

Hay’atlararo uchrashuv ortidan esa Mevlut Chavusho’g’li bilan Paolo Gentiloni matbuot anjumani uyushtirdi.

Anjumanda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, Turkiyaning “Bashika” lagerida qaror topgan harbiylarga qaratilgan gap-so’zlarga javob berdi va “Bu unchalik ham jiddiy muammo emasdir. Buni hal qilishimizga ishonchim komil. Eng asosiysi Iroq ichki siyosiy qayg’ularidan uzoqlashsin. Vetodan voz kechsin. Bu mavzuda qanday hamkorliklar qilishimiz mumkin? Biz mana shu savollarga javob izlashimiz darkor” dedi.

Turkiyaning mintaqa haqiqatini yaxshi bilgan bir davlat sifatida Suriya muammosining nimalarga yo’l ochajagini, ayniqsa, insoniy jihatlarini oldindan bilishini ta’kidlagan Chavusho’g’li,

“Bugungi kunda avvalgi aytganlarimiz afsuski to’g’ri chiqdi. Bunday bo’lisihini xohlamasdik” dedi.

Boshqa jihatdan Liviyadagi vaziyatning Turkiya va Italiyani yaqindan qiziqtirganligiga e’tibor qaratgan Chavusho’g’li, DEASh terror tashkilotiga qarshi kurash bosh bo’lish bilan birga har mavzuda Liviya hukumatining yonida bo’lishni davom ettirajaklarini qayd etdi.

Gentiloni ham bu ziyoratning, Fetullah Terror tashkilotining 15-iyuldagi muvaffaqiyatsiz to’ntarish tashabbusidan keyingi Turkiyani qo’llab-quvvatlashlari jihatidan Italiya uchun bir imkon ekanligini ifodaladi.

Yevropa davlatlari nomidan Turkiyani ziyorat qilgan ba’zi kasbdoshlarini tinglash imkoni topganligini aytgan Gentiloni, ular orqali Turkiyaning 15-iyul va keyingi vaziyatini yana da yaxshirok tushinganligini ham o’z so’ziga ilova etdi.

Suriya vaziyatiga ham to’xtalgan Italiya Tashqi ishlar vaziri;

“Rossiya bilan Bashar al-Asad rejimiga buning bunday davom etmasligini bildirishimiz darkor. Halabning sharqida, oxirgi 15 kun ichida yuz bergan voqealar bilan davom etish imkonsiz. 300 ming kishilik bir shaharni yo’q qilish orqali hech nima qo’lga kiritilmaydi” dedi.

Suriyalik muhojirlar masalasida Turkiya-Yevropa ittifoqi bilan 2016-yil 18-mart kuni kelishib olar ekan bu boradagi bir necha sohani Italiyaning ham qo’llab-quvvatlaganligini ifodalagan Gentiloni,

“Ba’zilari bu kelishuvning faqatgina Egey va Bolqon yo’nalishi bilan bog’liq deb o’ylamoqda. Aslida esa bu kelishuv O’rta yer dengizi bilan aloqalidir” degan ifodalarga o’rin berdi.

Vizasiz rejim muammosi hal qilinmaganligi tufayli muhojirlar haqidagi kelishuvning bekor qilinishi ehtimolidan xavotir bo’lib bo’lmaganligi haqidagi savolga esa Gentiloni,

“Albatta bir yo’li topiladi. Diplomatiyaning vazifasi har doim, har bir muammoga bir yechim yo’li topishdir” deya javob berdi.

Paolo Gentiloni, Italiyaning, 18-mart Qayta qabul kelishuvi va vizasiz rejimni muhofaza qilish tarafdori ekanligini qayd etdi.

Italiya Tashqi sihlar vaziri matbuot anjumani ortidan Turkiya respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an tomonidan qabul qilindi.

Prezidentlik qarorgohida matbuotga yopiq ravishda bo’lib o’tgan qabul 45 daqiqa davom etdi.

 

 



Aloqador xabarlar