Turkiyadan noqonuniy yo'llar bilan Yunonistonga o'tishga uringan 62 immigrant qo’lga tushdi

Noqonuniy immigrantlarni xorijga olib o’tishga harakat qilgan va o’sha qayiqda qo’lga tushgan Gruziya millatiga mansub 3 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi.

579205
Turkiyadan noqonuniy yo'llar bilan Yunonistonga o'tishga uringan 62 immigrant qo’lga tushdi

Turkiyaning Mug'la viloyati Bodrum tumani sohilida noqonuniy yo'llar bilan Yunonistonga o'tishga uringan 62 nafar immigrant qo’lga tushdi.

Sohil Xavfsizlik qo’mondonligi xodimlari Bodrumning Gulluk hududi sohilida ketayotgan bir qayiqni to’xtatdi.

Qayiqda qo’lga tushgan immigrantlarning Pokiston va Afg’oniston fuqarosi ekani aniqlandi.

Noqonuniy immigrantlarni xorijga olib o’tishga harakat qilgan va o’sha qayiqda qo’lga tushgan Gruziya millatiga mansub 3 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Bodrum , #sohil , #Mug'la , #Yunoniston , #dengiz , #immigrant

Aloqador xabarlar