Turkiyaning Kirklareli viloyatida noqonuniy yo'llar bilan xorijga otlangan 71 qochqin qo'lga tushdi

Ma'lum bo'lishicha, Kofchaz tumani Tatlipinar qishlog'ida noqonuniy yo'llar bilan xorijga safar qilish arafasida bo'lgan qochqinlarning aksariyati Suriya fuqarosi bo'lgan.

573890
Turkiyaning Kirklareli viloyatida noqonuniy yo'llar bilan xorijga otlangan 71 qochqin qo'lga tushdi

Turkiyaning Kirklareli viloyatida noqonuniy yo'llar bilan xorijga otlangan 71 qochqin qo'lga tushdi.

Viloyatga qarashli Kofchaz tumani Tatlipinar qishlog'ida noqonuniy yo'llar bilan xorijga safar qilish arafasida bo'lgan qochqinlar Kirklareli viloyati Jandarm qo'mondonligi xodimlari tomonidan aniqlangan.

Ma'lum bo'lishicha, qochqinlarning aksariyati Suriya fuqarosi bo'lgan.

Qochqinlar jandarm boshqarmasida qaydga olingach, Kirklareli ko'chmanchilar idorasiga olib ketilgan.

Ularga yo'l ko'rsatgani ilgari surilgan 5 kishi qo'lga olinar ekan, voqeaga aloqador bo'lgan 3 ta mikroavtobus olib qo'yilgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #qochqin , #Turkiya , #Kirklareli

Aloqador xabarlar