Turk Qurolli Kuchlarining Firat qalqoni operatsiyasi ijobiy natija bermoqda

Suriya shimolini terroristlardan tozalash maqsadida yuritilgan Firat qalqoni operatsiyasida Rai hududi butunlay terroristlardan tozalandi.

572881
Turk Qurolli Kuchlarining Firat qalqoni operatsiyasi ijobiy natija bermoqda

Turk Qurolli Kuchlari tomonidan Suriya shimolini terroristlardan tozalash maqsadida yuritilgan Firat qalqoni operatsiyasi 24 avgustdan beri davom etmoqda.

Operatsiyada Rai hududi butunlay terroristlardan tozalandi.

Turkiya Harbiy Bosh shtabi Firat qalqoni operatsiyasining qanday ketayotgani haqida ma’lumot berdi.

Kecha muxoliflardan tuzilgan maxsus xizmat kuchi janubdagi Azaz-Rai hududlari o’rtasida DAIShga qarshi qattiq jang qildi.

Shuningdek, Rai hududining Tel Shair, Tall Ar va Kara Kuz territoriyalarida nazorat o’rnatildi.

Otishmalar paytida muxolif jangchilardan 7 nafari halok bo’ldi, 9 muxolif jangchi yaralandi.

Maxsus texnologiyalar vositasida aniqlangan 37 ta DAISh makoni yer bilan yakson qilindi.

Turk Havo Kuchlariga tegishli samolyotlar tomonidan Tel Ar hududidagi terrorist makonlariga bomba tashlandi va DAISh tomonidan foydalanilgan ikki bino portlatildi.

Qolaversa, kecha 20:34- 22:09 atrofida Baragitah va Sandarah hududlarida olib borilgan operatsiyada o’q-dori ombori va qarorgoh sifatida qo’llanilgan makonlar portlatildi.

Koalitsiya kuchlari esa, Baragidah, Gurur va Kadrish hududlarida aniqlangan DAISh makonlariga qarata besh marta havodan hujum qildi.

Operatsiyada 4 ta terrorist o’ldirildi va beshta bino portlatildi.

Suriya chegarasi havodan kuzatib borilmoqda.

Turkiya Tabiiy ofatlar va favqulodda holatlar boshqarmasi AFAD va Turk Qizil yarim oy jamiyatiga tegishli missiyalar Mustaqil Suriya qo’shini va tinch aholiga gumanitar yordam mahsulotlarini yetkazmoqda.

Hududda yashagan tinch aholining operatsiyalardan zarar ko’rmasligi uchun barcha chora-tadbirlar olinmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar