Turkiyaning Hakkari viloyatida terroristlar bilan otishmada yaralangan askar olamdan o'tdi

Kecha Turkiyaning Hakkari viloyatida xavfsizlik kuchlari bilan terroristlar o’rtasida sodir bo’lgan otishmada 3 askar halok bo’lgan edi, 4 askar yaralangan edi.

572323
Turkiyaning Hakkari viloyatida terroristlar bilan otishmada yaralangan askar olamdan o'tdi

Turkiyaning Hakkari viloyatida xavfsizlik kuchlari bilan terroristlar o’rtasida sodir bo’lgan otishmada og’ir yaralangan askar shifoxonada olamdan o’tdi.

Kecha Hakkariga qarashli Ag’achdibi qishlog’i qirlarida operatsiya o’tkazildi.

Operatsiya paytida terroristlar xavfsizlik kuchlariga hujum qildi.

Otishmalarda yaralangan askarlardan biri shifoxonada barcha tibbiy muolajalarga qaramay olamdan o’tdi.

Kecha sodir bo’lgan otishmada 3 askar halok bo’lgan edi, 4 askar yaralangan edi.

Hududda olib borilgan havo operatsiyasida 5 terrorist o’ldirildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #otishma , #Hakkari , #terrorist , #operatsiya , #askar

Aloqador xabarlar