Gerasimov bilan Hulusiy Akar Anqarada muhim masalalarni qo’lga oldi

Rossiyaning Qurolli kuchlar Bosh shtab boshlig’i, general Valeriy Gerasimovning ushbu ziyorati o’tgan yili 24-sentabrda Turkiya-Rossiya o’rtasida yuz bergan uchoq inqirozi ortidan Turkiyaga qaratilgan harbiy saviyadagi eng muhim ziyoratdir.

571402
Gerasimov bilan Hulusiy Akar Anqarada muhim masalalarni qo’lga oldi

Rossiyaning Qurolli kuchlar Bosh shtab boshlig’i, general Valeriy Gerasimov Turkiya Qurolli kuchlar Bosh shtab boshlig’i, general Hulusiy Akar bilan Anqarada uchrashdi.

Suriyadagi oxirgi vaziyat, DEASh terror tashkilotiga qarshi kurash, uchrashuvda muhokama qilingan eng muhim masalalardan edi.

Firat qalqoni amaliyoti ham muhokama qilingan uchrashuvda Turkiya bilan Rossiya o’rtasidagi harbiy hamkorlik mavzulari ham kun tartibiga olib chiqildi.

Ikki davlat o’rtasidagi harbiy hamkorlikni mustahkamlash uchun nimalar qilinishi kerakligi ham unitilgani yo’q.

Harbiy manbaalardan olingan ma’lumotga ko’ra, ikki davlatning harbiy qanotdagi hamfikrligi uchrashuv chog’ida yana-da yaqqol o’zini ko’rsatgan.


Tanlangan kalimalar: #Hulusiy Akar , #Valeriy Gerasimov , #Anqara

Aloqador xabarlar