Bugun “Firat qalqoni” amaliyotining 21-kuni

Turk qurolli kuchlari, mintaqada yashagan tinch aholiga ziyon yetkazmaslik uchun o’z faoliyatini ehtiyotkorlik bilan bajarmoqda.

570793
Bugun “Firat qalqoni” amaliyotining 21-kuni

Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi Suriyaning shimolini terroristlardan qutqarish maqsadida Turkiya yetakchiligida 24-avgust kuni boshlatilgan “Firat qalqoni” amaliyotining 21-kuni haqida bayonot berdi.

Suriyaning chegara liniyasida kerakli chora va tadbirlar ko’rilib, Jerablus va Rai atrofida haligacha nazorat qilingan mintaqada kashfiyot va kuzatuv faoliyatlarining davom etganligi aytilgan bayonotda, bugungacha jami 524 nuqtaga qarshi 2 ming 245 otish amalga oshirilganligi qayd etildi.

Turk harbiy-havo kuchlari qo’mondonligiga oid uchoqlar tomonidan havo hujumi ijro etilmadi lekin yuz berishi mumkin bo’lgan hujumlarga qarshi uchoqlarning tayyor vaziyatda kutganligi ta’kidlangan bayonotda, koalitsiya kuchlari tomonidan Yahmul, Kafer Khan, Guzel Mezra va Zeytinlik (2 marotaba) mintaqalarida aniqlangan nishonlarga qarshi 5 ta havo hujumi amalga oshirilganligi belgilab o’tildi.   

Suriyaning chegara liniyasida haydovchisiz havo vositasi orqali uzluksiz kashfiyot va nazorat faoliyati olib borilganligi ifodalangan bayonotda, “Ofad va Favqulodda vaziyat Boshqaruvi rahbariyati bilan Qizil yarim oy jamg’armasi tomonidan Erkin Suriya armiyasi bilan tinch aholiga qaratilgan logistik faoliyatlar uzluksiz davom etmoqda.

Turk qurolli kuchlari, mintaqada yashagan tinch aholiga ziyon yetkazmaslik uchun o’z faoliyatini ehtiyotkorlik bilan bajarmoqda.

 



Aloqador xabarlar