Chavusho'g'li: "Kipr muzokarasini qo'llashni davom ettiramiz" dedi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'li rasmiy safar bilan ShKTR-ga borib, Kipr muzokarasiga to'xtaldi.

562994
Chavusho'g'li: "Kipr muzokarasini qo'llashni davom ettiramiz" dedi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Turkiyaning, Kiprning muammosini hal qilishda har doim, hammadan bir qadam ilgarida faoliyat olib borganligini aytdi.

Rasmiy ziyorat uchun Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga borgan Chavusho’g’li Prezident Mustafa Akinji tomonidan qabul qilindi.

Qabul ortidan o’tkazilgan hay’atlararo uchrashuvning tamomlanishi ortidan mushtarak matbuot anjumani uyushtirildi.

Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li muzokaralar masalasiga to’xtalar ekan,

“Turkiya bugungi kunda judayam nozik davrni boshdan kechirmoqda. Bunga qaramay biz ShKTR-ni qo’llab quvvatlashni davom etamiz. Bu muzokaralarning tez kunlarda natija berishini tilab qolamiz” dedi.

ShKTR Prezidenti Mustafa Akinji ham muzokara jarayonining mazmunli davom etganligini belgilab, 2016-yilni yechim jarayoni yili deyishdan voz kechmaganliklarini ta’kidladi.

Akinji, Turkiyaning yechim jarayonini qo’llab-quvvatlaganligini va buni yana bir isbotlaganligini qayd etdi.

Chavusho’g’li, ShKTR-dagi ziyorati doirasida Bosh vazir Husayin O’zgurgun tomonidan ham qabul qilindi.

Chavusho’g’li, qabulda so’zlagan nutqida, Bosh vazir O’zgurgunning Istanbulning Fatih tumani, Yenikapi mahallasida o’tkazilgan “Demokratiya va Shahidlar mitingi”da ishtirok etganligini eslatib,

“Turk demokratiyasi va xalqini qo’llab-quvvatlaganingiz uchun Turkiya sizdan minnatdor bo’ldi” deya gapirdi.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi hukumatining Fetullahchi terror tashkiloti/ Parallel Davlat tuzilmasiga qarshi yuritilgan kurashda qo’shgan hissasining ahamiyatiga to’xtalgan Chavusho’g’li,

“Har sohada bo’lganidek bu kurashda ham hamjihatliligimizni butun dunyoga ovoza qilgan bo’ldik” dedi.

Mevlut Chavusho’g’li, ShKTR hukumatining muvaffaqiyatli olib borayotgan faoliyatlarini yaqindan kuzatib borganliklarini va bu jarayonda kerakli barcha yordamni berishga tayyor ekanliklarini belgilab, “Turkiya odilona va doimiy yechim uchun o’z zimmasiga tushgan vazifalarni o’tashni davom ettiradi” dedi.

“Biz Ona vatan Turkiya bilan ikki davlat bir millatmiz” degan ShKTR Bosh vaziri Husayin O’zgurgun FETO-ga qarshi kurash doirasida ShKTR-ning FETO-ni terror ro’yhatiga kiritganliklarini qayd etdi.

Ona vatan Turkiyadagi har qanday salbiy masalalarga qarshi ShKTR-ning, Turkiyaning yonida bo’lishiga e’tibor qaratgan O’zgurgun,

“Biz, Turkiyaning kuchi bizning kuchimiz ekanligini yaxshi bilamiz” dedi.

Husayin O’zgurgun, Kipr masalasida ayniqsa Tashqi ishlar vazirlarining hamkorligi va yaqin faoliyatlarining mana shu kritik davrda ham davom etishining qanchalik muhim ekanligini belgilab,

“Kipr masalasi uzoq yillardan buyon davom etgan lekin bugungi kunda Turkiya bilan hamjihatlik ichida davom ettirilishi shart bo’lgan kritik davrdadir” deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar