Bekir Bozdag’:"AQSh Turkiyaning do’stligini Fathullohchi terror tashkilotiga almashtirmasligi kerak"

Bekir Bozdag’ning fikricha, agar Amerika Qo’shma Shtatlari Fathullohchi terror tashkiloti lideri Fathulloh Gulenni Turkiyaga qaytarmasa, bundan ikki davlat munosabatlari jiddiy zarar ko’radi.

563079
Bekir Bozdag’:"AQSh Turkiyaning do’stligini Fathullohchi terror tashkilotiga almashtirmasligi kerak"

Turkiya Adolat vaziri Bekir Bozdag’ xususiy telekanalda efirga uzatilgan ko’rsatuvda dolzarb mavzular haqida fikr bildirdi.

Bekir Bozdag’ning fikricha, AQSh Turkiyaning do’stligini Fathullohchi terror tashkilotiga almashtirmasligi kerak.

Uning aytishicha, agar Amerika Qo’shma Shtatlari Fathullohchi terror tashkiloti lideri Fathulloh Gulenni Turkiyaga qaytarmasa, bundan ikki davlat munosabatlari jiddiy zarar ko’radi.

15 iyul kechasi Turkiya bo’linishdan va ichki urush ostonasidan qaytdi.

Davlatga qarshi xoin to’ntaruvni rejalashtirgan va uni amalga oshirgan Fathulloh Gulenni Turkiyaga qaytarish maqsadida olingan choralarga to’xtalgan Bekir Bozdag’: “Bu qaror aslida siyosiy qaror. Agar Amerika hukumati xohlasa, Fathulloh Gulenni darhol Turkiyaga topshirishga doir qaror chiqaradi”,-dedi.

Bekir Bozdag’ning ta’kidlashicha, turk xalqi Fathulloh Gulenni qaytarmagan Amerikaga nisbatan salbiy fikrda.



Aloqador xabarlar