Bugun Turkiyada “Buyuk g’alaba bayrami” nishonlanmoqda

Bundan roppa-rosa 94 yil muqaddam erishilgan g’alaba, har yili bo’lganidek bu yil ham Turkiyada keng nishonlanadi.

561673
Bugun Turkiyada “Buyuk g’alaba bayrami” nishonlanmoqda

Bugun 30-avgust Turkiyada “Buyuk g’alaba”ga 94 yil to’ldi.

Bundan roppa-rosa 94 yil muqaddam erishilgan g’alaba, har yili bo’lganidek bu yil ham Turkiyada keng nishonlanadi.

Bayram marosimi, Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning Anitqabrni ziyorati bilan boshlaydi.

Anitqabrga gulchambar qo’yilganidan keyin Prezident, bosh qo’mondon sifatida tabriklarni qabul qiladi.  

Ortidan, poytaxt Anqarada joylashgan “Otaturk madaniyat markazi”da bayram paradi o’tkaziladi.

Bayram paradi chog’ida Prezident Erdog’an faxriy tribunada bo’ladi.

Bosh muxolifat Jumhuriyat xalq partiyasi ham “Buyuk G’alaba bayram”i kuni yurish uyushtirmoqchi.

Soat 18:30 da boshlashi rejalashtirilgan yurish, poytaxtning Qiziloy tumanida boshlab, Anitqabrda o’z nihoyasiga yetadi.



Aloqador xabarlar