Yovuz Sulton Salim ko'prigi tantanali marosim bilan ochildi

Yovuz Sulton Salim ko'prigi dunyo liderlarining ishtirogida marosim bilan ochildi.

560209
Yovuz Sulton Salim ko'prigi tantanali marosim bilan ochildi

Istanbuldagi uchinchi ko'prik bo'lgan Yovuz Sulton Salim ko'prigi dunyo liderlarining ishtirogida marosim bilan ochildi.

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, ko'prikning ochilishida so'zlagan nuqtida, Turkiyaning o'z maqsadiga asta-sekin yaqlashganiga diqqat qaratib zamonaviy asarlari bilan yuksak madaniyat saviyasiga ko'tarilishini izohladi.

Prezident, Kanal Istanbul bilan Chankaya ko'prigining ham qurilishi yaqinda boshlanishini takidladi.

So'ngi paytda maydonga kelgan terror voqealariga ham to'xtalib o'tgan Erdo'g'an, Turk millatining orasiga nifoq solmoqchi bo'lganlarning 15 Iyul oqshomi rejalari buzilganini bildirib, to'ntaruv tashabbusi muvaffaqiyatsiz bo'lib PKK va Deashning haqiqiy yuzini ko'rsatganini, Turkiya terrorga qarshi kurashda orqaga qadam tashlamay Jerablus harbiy operatsiyasi ham boshlagach bularning davomi rejalanganini takidladi. Prezident Erdo'g'an, JHP rahbari Kemal Kilichdarog'luga qaratilgan hujumni shunday baholash kerakligini izohladi.

Bosh vazir Binali Yildirim, Yovuz Sulton Salim ko'prigining faqat Istanbul xalqi uchun emas, Uzoq sharqdan, Xitoydan chiqib Londongacha borgan Ipak yo'lidagi barcha yo'lovchilarga xizmat berishi bildirib, "Bu, insonlararo rishtalarni mustahkamlashtirgan va madaniyatlarni uchrashtirgan eng go'zal asarlardan biri" dedi.

Isqanbu bog'azining Qora dengizga qaragan shimoli tomonida qurilgan ko'prikning nomi 9. Osmoniy Sultoni Yovuz Sulton Salimga bag'ishlandi.

Qur-menejementlik qil- topshir modeli bilan tahminan 39 oy ichida tamomlangan ko'prikka 4,5 milliard dollar ketti.

Istanbul bog'azining ikki yoqasini bir-biriga ulagan ko'prik 8 quruqlik yo'li 2 temir yo'li jami 10 yo'ldan tashkil topmoqda.

Yovuz Sulton Salim ko'prigi, 59 metr eni bilan dunyodagi eng keng, 1408 ochiqligi bilan ustida poyezd yo'li bo'lgan uzun ko'prik va 320 metrni oshgan balandligi bilan dunyodagi eng yuksak qal'asi bo'lgan osma ko'prik xususiyatiga ega.



Aloqador xabarlar