Efkan Ala, (FETO) "Himmat" nomi bilan pullarni chet elga chiqarganini bildirdi

Ichki ishlar vaziri Efkan Ala, Fethullah terror tashkilotining (FETO) "Himmat" nomi ostida tuproqlar olgani va pullarini chet eldagi lobilarga sarf etganini izohladi.

560333
Efkan Ala, (FETO) "Himmat" nomi bilan pullarni chet elga chiqarganini bildirdi

Ichki ishlar vaziri Efkan Ala, Fethullah terror tashkilotining (FETO) "Himmat" nomi ostida tuproqlar olgani va pullarini chet eldagi lobilarga sarf etganini izohladi.

Efkan Ala, Anadoli Xabar Agentligiga bergan bayonotida, FETO bilan aloqali tekshiruvlarda hozirgi paytgacha tashkilot a'zolarinig asosan Turk Qurolli Kuchlari, xavfsizlik tashkiloti va sud organida bo'lgani maydonga chiqishi bilan haqiqiy yuzining fosh bo'lganini izohladi.

Adolat va Rivojlanish Partiyasi chop etgan bildiruvda, bu terror tashkiloti a'zolarining partiyada joy olmasligi va nozuk shakilda mavzuning ustiga to'xtalishi kerakligini barcha tashkilotlarga bildirganliklarini eslatgan Ala, bundan oldin ommaviy jamoatchilik bilgan FETO a'zosi deputatlarning kimi Amerikaga borgani kimi esa qo'lga olinganini ifoda etdi.

Efkan Ala, Anqara Akinji Harbiy Bazasi yaqinida 16 Iyul kuni jandarm kuchlari tomonidan qo'lga olingandan keyin yuborilgan Anqara 2. Jazo Mahkamasi tomonidan qo'yib yuborilgan va tashkilotning "Havo kuchi imomi" bo'lgani ifoda etilgan Sakariya Universiteti Ilohiyat Fakutetida domla bo'lib ishlagan Adil O'ksuzni qo'lga olish uchun maxsus guruh yuborilganini tushuntirdi.

Chegarada xavfsizlikni o'rnatish va qochqinlarga qarshi kurash olib borish doirasida maxsus chegara kuchi vujudga keltirish mavzusida faoliyatlarning ham davom etganini ifoda etgan Ala, o'zgarishning qachon Majlisga yuborilishiga hukumatning qaror berishini takidladi.



Aloqador xabarlar