Peter Szijjarto:"Mojariston qiyin kunida Turkiyaga madadkor bo'lishi kerak"

Mojariston Tashqi savdo va tashqi ishlar vaziri Peter Szijjarto Mojar xabar agentligiga bayonot berdi.

558097
Peter Szijjarto:"Mojariston qiyin kunida Turkiyaga madadkor bo'lishi kerak"

Mojariston Tashqi savdo va tashqi ishlar vaziri Peter Szijjarto Mojar xabar agentligiga bayonot berdi.

“Turkiyada demokratik ravishda saylangan prezident va hukumatni to’ntarish tashabbuslarini fosh qilish uchun yuritilgan faoliyatlarga hurmat ko’rsatish kerak”,-deydi Mojariston Tashqi savdo va tashqi ishlar vaziri Peter Szijjarto.

 Davlatni to’ntarishga qo’l urish juda jiddiy voqea ekanini va buni tekshirish uchun jiddiy choralar ko’rish zarurligini tilga olgan Peter Szijjarto: “To’ntaruvga qo’l urgan xoinlarni aniqlash xususida xorij davlatlarning tanqidlari bexuda. Turkiyaning bu jarayondagi faoliyatlariga hurmat ko’rsatish kerak”,-dedi.

Turkiyaning barqarorligi Yevropa uchun juda muhim ekanini tilga olgan Peter Szijjarto quyidagilarni tilga oldi:

“Turkiyaning tinchligiga rahna solgan har qanday tashabbus Yevropaning xavfsizligiga ham tahdid olib keladi. Shu sababli, Turkiyaning tinchligini buzishlariga yo’l qo’ymaslik kerak. Do’st nafaqat yaxshi kunida, balki qiyin kunida ham do’st bo’lishi kerak. Turkiya bilan faqat qochqinlar masalasida emas, balki DAISh va PKK terror tashkilotlariga qarshi kurashda ham yaqin hamkorlik qilish zarur”.

Mojar vazir ma’lum qilishicha, Turkiyaning talabiga binoan Mojaristonda faoliyat ko’rsatgan Fathulloh Gulen harakatiga aloqador muassasalar ustidan tekshiruv ketmoqda. Bu muassasalarning faoliyatlari va ularning boshqa qonunbuzar harakatlar bilan aloqasi hamda buning Turkiyaga qanday xavf olib kelgani birma-bir tekshirib chiqiladi.

"Agar, tekshiruvlar natijasida bu muassasalarning qonunbuzarlikka yo’l qo’ygani aniqlansa, Mojariston nafaqat o’zining xavfsizligi uchun balki, Turkiya va Yevropaning xavfsizligini kafolat ostiga olish uchun ham kerakli chorani ko’rishga tayyor",-deydi Mojariston Tashqi savdo va tashqi ishlar vaziri Peter Szijjarto.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar