Latviya Tashqi ishlar vaziri Linas Linkevicius Ankarada…

Latviya Tashqi ishlar vaziri Linas Linkevicius Fathullohchi terror tashkilotining 15 iyuldagi qonli to’ntaruv tashabbusini qoraladi.

556925
Latviya Tashqi ishlar vaziri Linas Linkevicius Ankarada…

Latviya Tashqi ishlar vaziri Linas Linkevicius Ankarada…

Linas Linkevicius tashrifi chog’ida Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu bilan uchrashdi.

O’zaro va hay’atlararo uchrashuvlardan so’ng, vazirlik qarorgohida mushtarak matbuot anjumani o’tkazildi.

Latviya Tashqi ishlar vaziri Linas Linkevicius Fathullohchi terror tashkilotining 15 iyuldagi qonli to’ntaruv tashabbusini qoraladi.

Shuningdek, demokratik ravishda saylangan hukumat va turk xalqi bilan hamkorlikka tayyor ekanini tilga oldi.

Uning fikricha, bunday vaziyatlarda ittifoqdosh davlatlar uzoqdan turib dalda berish o’rniga, shaxsan ziyorat amalga oshirishi kerak.

 “Turkiya Yevropa Ittifoqining eng muhim hamkoridir, muhim tijoriy hamkoridir va NATO ittifoqdoshidir. Bu imtihonga qarshi barchamiz birgalikda kurashishimiz kerak”,-deydi Latviya Tashqi ishlar vaziri Linas Linkevicius.

Linas Linkevicius davlatni to’ntarishga tashabbus ko’rsatgan, shuningdek davlatga va demokratiyaga qarshi bosh ko’targan shaxslarning mutlaqo sudlanishi kerakligini aytadi.

Latviya Tashqi ishlar vaziri Linas Linkevicius mintaqa xavfsizligi uchun NATOga qo’shgan hissalari tufayli Turkiyaga Latviya nomidan minnatdorchilik bildirdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar