Ibrahim Kalin "Birining xavfsizligi barchaning xavfsizligi" dedi

Ibrahim Kalin Daily Sabahga bergan bayonotida xavfsizlik mavzusiga diqqat qaratdi.

555837
Ibrahim Kalin "Birining xavfsizligi barchaning xavfsizligi"  dedi

Hammamiz xavfsiz bo’lmasak hech birimiz xavfsiz bo’lmaymiz

Turkiya kurraviy bir tahdit bo’lgan Daishga qarshi kurashni qo’llab-quvvatlamoqda, do’stlari va ittifoqdoshlari ham PKK va FETOga qarshi olib borgan kurash yo’lida o’zini qo’llab-quvvatlashini kutishga Turkiyaning haqqi bor.

15 Iyul to’ntaruv tashabbusi bilan tebrangan Turkiya, endi esa PKK, Daish va Futhullah terror tashkiloti (FETO) uch tahlika bilan qarama-qarshi. Turkiyaning xavfsizligi o’zlari uchun muhim bo’lgani bois, Turkiyaning do’slari va ittifoqdoshlarining uni qo’llab-quvvatlashi o’z manfaatlariga xizmat qiladi. Giperzamonaviy va globalizatsiya shuni o’rgatdi: hammamiz xavfsiz va ishonchli bo’lmaguncha hech qaysi birimiz xavfsiz bo’lmaganimizni.

Turkiya o’n yillardan beri PKKga qarshi kurashmoqda. O’tmishdagi noto’g’ri siyosatlar PKK terrorini rivojlanishiga va Kurt milliyatchiligini maydonga chiqishiga negiz tayyorlagan.

Prezident Rajab Toyyib Erdo’g’an, bosh vazir bo’lganda qurolli kurashni bartaraf qilish uchun dadil qadamlar tashlagan va katta siyosi xavflarni ko’zga olgan. Kurtlar gavjum yashagan hududlarda davlatning yordamlari orttirildi, Kurt kimligi tanitildi, Kurtcha taqiqlov man qilindi va eng muhimi Kurtlarga, xu’ddi Turk fuqarolari kabi, teng va e’tiborli bo’lgani his ettirildi.

Yechim jarayoni sifatida bilingan narsaning asosiy maqsadi PKKni qurolsizlantirish edi. Lekin, PKK qurolsizlanish o’rniga, qamoqda yotgan lideri Abdulloh O’jalanning chaqiruvlariga ham qaramay, terror faoliyatlarini orttirdi, yangi xodimlar topib shaharlarga hujumlar uyushtirishga o’tdi.

Kurt Tarafdori Xalqlarning Demokratik Partiyasi HDP) yechim jarayonini qo’llab-quvvatlashga va’da qilib Majlisga kirdi. Buning o’rniga PKKning voizi bo’ldi va PKKning eng og’ir terror hujumlarini hattoki qoralash jasorati bo’lmadi. HDP, PKKni qurolsizlantirish uchun muhim bir qadam tashlamadi. Uning o’rnida PKKga qaratilgan tanqidlarni yengillashtirib Erdog’anni yomonlash yo’llari izlashga boshladi.

Prezident Erdo’g’an ko’p joyda yechim jarayonining to’xtatilmaganini va bu yo’ldagi o’zgarishni PKKning qurol tashlashi bo’lganini bildirdi. Mana hozir aytilganlar, PKKning maqsadi Kurt masalasiga yechim topish emas, bir terror tashkiloti sifatida o’z borligini davom ettirishdir. Demoratiyada yechim yo’llari izlanar ekani terror tashkilotlarining borligiga ruxsat berilmaydi PKK va siyosiy vakillari Kurt masalasi deb ilgari surgan da’vo Kurtlarning asil masalasi bilan aloqasi ham yo’q. Ziddiga, o’z rejalarini Turkiyadagi Kurt fuqarolarining rejasi kabi taqim etmoqda.

Buni oddiy qilib aytadigan bo’lsak. Biz, ham Turklarni ham Kurtlarni hayotiga zomin bo’lgan PKK bilan qarama qarshimiz. PKK, faqat o’tgan hafta, Diyarbakir, Van, Elazig’ va Bitlisda bomba yukli vositalar va yo’l chetida joylashtirgan bombalar bilan uyushtirgan hujumlarda o’nlab xavfsizlik xodimining joniga qast qildi.

Turkiyani, PKK, go’yoki marhamatli va yaxshi niyatli bir nodavlat tashkilot kabi muammala qilishga chorlash o’rniga, Yevropa va AQSh, PKKning nimi bo’lganini ko’rishi kerak, PKKning terror hujumlarini “amollar” yoki “agalar” bo’lmasdan tanqid qilish va tashkilotning Yevropadagi moliyaviy manbalarini va tashviqotlarini to’xtatishi kerak.

Suriyada Daıshga qarshi jang qilganini ilgari surib, PKKning Suriya maslahatgo’yligini qilgan Demkratik Birlik Partiyasi (PYD) va uning jangchi guruhi Xalqlarning Demokratik Birligini (YPG) dastaklash noto’g’ri va strategik jihatdan katta bir xato. PKK, Suriya ichki urushida o’z terrorist faoliyatlarini davom ettirish uchun parda sifatida foydlanamoqda.

Suriyada urush davom etar ekan, Beshar Asad rejimi Damashq, Halap va mamlakatning boshqa tomonlarida tinch aholiga hujum qilmoqda. Kundan kunga xalqqa ko’rsatilgan zulmning yana ham ayanchli tasvirlari fosh qilinmoqda va dunyo bunga ko’z yummoqda. Suriya urushining faollari Beshar Asad rejimi va DAISh bir-birini qo’llab quvvatlamoqda. Suriyadagi urushni to’xtatmasdan turib, DAISh tahdidini bartaraf etib bo’lmaydi. Asad rejimi to’ntarilmasdan turib, urushni tugatib bo’lmaydi.

Suriya bilan tutashgan 711 kmlik chegaraga ega bo’lgan Turkiya yana ham og’ir yukni zimmasida tashimoqda. Bu albattaki, eng ko’p azob chekkan Suriya xalqidir.

Turkiya DAIShga qarshi kurashda ba’zi davlatlarga qaraganda katta ishlarni amalga oshirdi.

DAIShga qarshi koalitsiyaga a’zo bo’lish va koalitsiya samolyotlariga havo harbiy bazalarini ochib berishdan tashqari, Turkiya 50 mingdan ziyod DAISh jangarisini yoki ular bilan aloqador shaxslarni qo’lga tushirdi, deport qildi yoki mamlakatga kirishiga yo’l qo’ymadi. Suriyadan qochqinlarni qabul qilish jarayonida chegara xavfsizligini kuchaytirdi.

Bunga qaramasdan, DAISh chegara atrofidagi Turkiya viloyatlariga hujum qila boshladi. Shuningdek, Ankara va Istanbulda turli portlash hodisalarini amalga oshirib, begunoh insonlarning hayotiga zomin bo’ldi.

Turkiya xuddi, PKKga qarshi kurashda bo’lganidek, DAIShga qarshi kurashda ham boshqa davlatlardan yordam ko’rmadi. Ba’zi Yevropa davlatlari o’z xavfsizligini kuchaytirish va razvedka almashish o’rniga, Turkiyani Yevropa portlaridan kelgan DAISh terroristlarini qo’lga olganlikda aybladi. Agar, xalqaro davlatlar o’z zimmasiga tushgan mas’uliyatni a’lo darajada bajarmasa, Turkiya qanday qilib haqiqiy terroristlar haqida ma’lumotga bo’ladi? Bir necha DAISh terroristi Turkiyadan deport qilingach, Fransiya va Belgiyada terrorchilik harakatini sodir qildilar.

DAISh har tomonlama qisuvga olinmasdan, mag’lubiyatga uchratilmaydi. Suriyadagi ichki urush va Afg’oniston, Iroq, Liviya va boshqa joylardagi muvaffaqiyatsiz hukumatlar DAIShning kengayishiga zamin yaratmoqda.

Bunga qaramasdan Turkiya, DAIShga qarshi siyosiy, ideologik va harbiy kurashini davom ettirmoqda.

Ohirgi paytlarda Turkiya 15 iyul kuni FETOning to’ntaruv tashabbusiga duch keldi. Fathulloh Gulen harakatining Turkiyadagi manbalari parchalarga bo’lib tashlandi, lekin hali oldinda juda ko’p ish bor. Mamlakat ichida o’z cho’kishini tomosha qilgan Fathullohchilar o’z manbalarini xorijdan turib Turkiyaga qarshi turli tashviqotlar uchun sarf qilmoqda.

Turkiyaning Yevropa, AQSh, Yaqin sharq, Afrika, Osiyo va boshqa davlatlardagi hamkorlar va ittifoqdoshlar bu tashviqotlarga nisbatan ogoh bo’lish va Fathullohchilarning tubanliklaridan ehtiyot bo’lishga majburdirlar.

Turkiya global muammo bo’lgan DAIShga qarshi kurashni qanday qo’llab quvvatlasa, hamkor davlatlardan ham PKK va FETOga qarshi xuddi shunday kurash olib borilishini talab qiladi.

Terrorizmga qarshi kurash har tomonlama aniq va qat’iy harakat qilinmasdan muvaffaqiyatga erisha olmaydi. “Mening terroristim, sening terroristing” tushunchasi ularga faqat manfaat olib keladi.

Xavfsizlik barchamiz uchun katta ahamiyatga ega va barchamiz uchun mavjud bo’lgandagina o’z maqsadiga erishadi.

 

 

 



Aloqador xabarlar