Bugun Latviya Tashqi ishlar vaziri Linas Linkevicius Turkiyaga tashrif buyurmoqda

Latviya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, Tashqi ishlar vaziri Linas Linkevicius tashrifi chog’ida, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu bilan uchrashadi.

556668
Bugun Latviya Tashqi ishlar vaziri Linas Linkevicius Turkiyaga tashrif buyurmoqda

Bugun Latviya Tashqi ishlar vaziri Linas Linkevicius Ankaraga tashrif buyurmoqda.

Latviya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, Tashqi ishlar vaziri Linas Linkevicius tashrifi chog’ida, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu bilan uchrashadi.

Bo’lib o’tadigan uchrashuvda ikki davlat o’rtasidagi hamkorlik, Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlari, Varshavada bo’lib o’tgan NATO sammiti, Rossiya bilan Turkiya munosabatlari, Ukrainadagi vaziyat, Suriya va boshqa xalqaro dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

Bayonotga ko’ra, Tashqi ishlar vaziri Linas Linkevicius 15 iyul voqealaridan keyin Yevropa Ittifoqi va NATO davlatlari ichidan Turkiyaga tashrif buyuradigan dastlabki tashqi ishlar vaziri bo’ladi.

Tashqi ishlar vaziri Linas Linkevicius tashrifi chog’ida 15 iyul voqealarida zarar ko’rgan Turkiya Oliy majlis binosini ham ko’zdan kechiradi.

Latviya Tashqi ishlar vaziri Linas Linkevicius tashrifi oldidan Turkiyaning Latviyadagi elchisi Aydan Yamanjan bilan uchrashib, to’ntaruv tashabbusini qoralagan edi va Turkiyani qo’llab quvvatlashini tilga olgan edi.

 

 

 



Aloqador xabarlar