Ibrahim Kalin: “Yevropa, turklarining ham hafsalasini pir qildi”.

Prezident Erdog’anning matbuot kotibi Ibrahim Kalin, Belgiyada nashr qilinadigan “Politico” gazetasi uchun qalamga olgan maqolasida, Yevropa ittifoqining 15-iyul kungi voqea ortidan Turkiyaga qilgan muomalasini tanqid qildi.

555339
Ibrahim Kalin: “Yevropa, turklarining ham hafsalasini pir qildi”.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’anning matbuot kotibi Ibrahim Kalin Fetullahchi terror tashkiloti/ Parallel Davlat tuzilmasining, 15-iyul kuni Turkiyani to’ntarishga qaratilgan tashabbusi ortidan Yevropa ittifoqining Turkiyaga qilgan muomalasi, Yevropa ittifoqini qo’llab-quvvatlagan turklarining ham hafsalasini pir qilganligini belgilab o’tdi.

Prezidentning matbuot kotibi Ibrahim Kalin, Belgiyada nashr qilinadigan “Politico” gazetasi uchun qalamga olgan va “Bryusselning hal qilishi kerak bo’lgan jiddiy muammosi bor” deb nomlangan maqolasida, Yevropa ittifoqining 15-iyul kungi voqea ortidan Turkiyaga qilgan muomalasini tanqid qildi.

Maqolada, Turkiyani to’ntarishga qaratilgan tashabbusning nafaqat turk xalqi tarixi balki, Turkiya-Yevropa ittifoqi munosabatlari tarixi jihatidan ham muhim davr ekanligini ta’kidlagan Kalin, “Yevropa ittifoqi o’zini demokratik, inson huquqlari va qonunning ustivorligiga rioya qilgan kuch sifatida tanishtirmoqda lekin unga a’zo davlatda yuz bergan va demokratiyaga qaratilgan eng yirik va dahshatli hujumda unga qarshi til uchida muomala qilib, u davlatnining hafsalasini pir qildi” dedi.   

Kalin, to’ntarish tashabbusining 1980-yildan beri davlat tashkilotlariga sistematik ravishda sizib kirgan Fetullah Gulenning izchilari tomonidan rejalashtirilganligi va amalga oshirilganligi haqida, kuchli dalillarning qo’lga kiritilganligini qayd etdi.

Kalin, qanday siyosiy ko’z qarashda bo’lishidan qat’iy nazar turk xalqining ko’pchiligining, to’ntarish tashabbusi ortida FETO/PDY a’zolarining borligini, shuning uchun ham Pensilvaniyada yashagan FETO/ PDY to’da boshi Gulenning Turkiyaga topshirilishi kerakligini va voqea uchun Fetullah Gulenning javob berishi kerakligini talab qilganligini belgilab o’tdi.

Turkiyaning har doimgidan yana-da kuchli birlik va birdamlik ichida ekanligini belgilab o’tgan Kalin,

“Afsuski Bryussel bu birlik va birdamlik ruhuni payqamay qolgan ekan” dedi.    

Ibrahim Kalin shuningdek,

“Turkiya bugungacha PKK va DEAShga yani ikkita yirik terror tashkilotiga qarshi kurash olib borayotgan edi. 15-iyul kuni yuz bergan to’ntarish tashabbusi ortidan uchunchi terror tashkilotining ham borligi ochiq-oydin ma’lum bo’ldi. Turkiyadan bu kurashni yolg’iz boshiga yuritishini kutishlik ahloqiy jihatdan ham to’g’ri kelmaydi. Yevropalik va amerikalik ittifoqchilarimiz bizga kerakli yordamni berishi darkor” dedi.

 

 



Aloqador xabarlar