Diyarbakir viloyatidagi portlashda ikki nafar politsiya xodimi halok bo'ldi

Baxtsiz hodisada 25 kishi tan jarohati oldi, bulardan 8 nafarining politsiya xodimi ekani ma’lum bo’ldi.

552317
Diyarbakir viloyatidagi portlashda ikki nafar politsiya xodimi halok bo'ldi

Turkiyaning Diyarbakir viloyatidagi Hudud yo’l harakatini nazorat qilish uchastkasiga bir guruh terroristlar tomonidan hujum qilindi.

Hujum paytida sodir bo’lgan kuchli portlash 2 nafar politsiya xodimining hayotiga zomin bo’ldi, bir kishi hayotdan ko’z yumdi.

Baxtsiz hodisada 25 kishi tan jarohati oldi, bulardan 8 nafarining politsiya xodimi ekani ma’lum bo’ldi.

Portlash oqibatida Hudud yo’l harakatini nazorat qilish uchastkasi oldida ulkan chuqurlik yuzaga keldi.

Terroristlarni qo’lga tushirish uchun hududda operatsiya ketmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Diyarbakir , #terrorist , #portlash , #politsiya

Aloqador xabarlar