Binali Yildirim Ak partiyaning 15 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan tadbirda so'zga chiqdi

Binali Yildirim Ak partiyaning 15 yilligi munosabati bilan barcha partiya a’zolarini muborakbod etar ekan, Ak partiya xalq bilan birgalikda vatanni xoinlar qo’liga tashlab qo’ymasligini tilga oldi.

551969
Binali Yildirim Ak partiyaning 15 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan tadbirda so'zga chiqdi

Kecha Ak partiyaning 15 yilligi munosabati bilan tadbir o’tkazildi.

Tadbirda partiya rahbari va Bosh vazir Binali Yildirim so’zga chiqdi.

Binali Yildirim Ak partiyaning 15 yilligi munosabati bilan barcha partiya a’zolarini muborakbod etar ekan, Ak partiya xalq bilan birgalikda vatanni xoinlar qo’liga tashlab qo’ymasligini tilga oldi.

Ak partiyaga asos solgan R.T.Erdog’anning “Bundan keyin hech narsa oldigidek bo’lmaydi” degan so’zlarini misol qilib keltirgan Binali Yildirim: “Bu so’zning aytilganiga ham mana 15 yil bo’ldi. 15 iyul kuni Fathullohchi terror tashkilotining to’ntaruv tashabbusi bostirilishi bilan yana bir marta amin bo’ldimki, hech narsa oldingidek bo’lmadi va bo’la olmaydi”,-dedi.

Binali Yildirim: “Turkiya uchun xizmat qilamiz dedik va buni ro’yobga chiqardik. Mamlakatimizning muammolarini birma-bir bartaraf etdik. Xalqqa xizmat davlatga xizmat ongi bilan harakat qildik. Davlat xalqnikidir dedik. Davlat bilan xalqni birlashtirdik. Milliy iroda oldida ekstremistik guruhlarga yo’l qo’ymadik. Son sanog’i yo’q xiyonatlarga qarshi kurashib, bu kunlargacha yetib keldik”,-dedi.

“Ak partiya tashkil topgan kundan beri etnik, mintaqaviy va diniy millatchilikka, har qanday bo’luvchilikka qarshi chiqdi. Butun xalqni kimlardan bo’lishidan qat’iy nazar o’z bag’riga bosdi. Shu sababli, Ak partiya xalqning sadosi va Turkiyaning yakka partiyasiga aylandi. Muammolarni, inqirozlarni ortda qoldirgan bir partiya sifatida xalqning huzuriga chiqdi. Vatan xoinlariga, terror tashkilotlariga, qisqasi xalqning yo’liga to'g'anoq bo'lganlarga qarshi kurashdik. Xudo xohlasa, bizni bu yo’ldan hech kim qaytara olmaydi. Bugun oldingiga nisbatan yana ham kuchlimiz. 17-25 dekabr voqealari, 6-7 oktyabr voqealari va bunga o’xshash bir qancha xoin tashabbusni bostirishga muvaffaq bo’ldik. Mana yaqinda sodir bo’lgan 15 iyul voqealarida xalq bilan birgalikda davlatga qarshi to’ntaruv tashabbusini bartaraf etdik. Vatan xoinlarini tiz cho’kdirgan Ak partiyaga aylandik”,-deya hitob qiladi Turkiya Bosh vaziri va Ak partiya rahbari Binali Yildirim.

Binali Yildirim: “Bu davlatga va turk xalqiga hujum qilmoqdalar. Boyligimizni yo’q qilib, kelajakka olg’a qadam tashlashimizni istamayotirlar. Shuni barcha bilib qo’ysinki, Ak partiya xalq bilan bir yoqadan bosh chiqarib, vatanni xoinlarga tashlab qo’ymaydi. Ulug’ dohiy Mustafo Kamol Otaturk ko’rsatgan madaniyatlar saviyasiga erishishimizga va Ak partiyaning o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishishiga to’sqinlik qila olmaydilar. Fathullohchi terror tashkiloti va bo’luvchi PKK terror tashkilotini tubdan yo’q qilamiz. Yana ham rivojlangan demokratiya va huquq davlati sifatida olg’a qadam tashlaymiz. Yosh nasllarga porloq Turkiyani omonat qilib qoldiramiz”,-dedi.

15 yillik bu mashaqqatli va ayni paytda muvaffaqiyatlarga to’la davrda kelajakka katta ishonch bilan qarashini tilga olgan Binali Yildirim: “Xoinlar bizning kelajagimizni qo’limizdan ola olmadilar. Xoin Fathullohchilar va boshqa terror tashkilotlari o’zi qaziga chuqurga tushsinlar. Biz Turkiya va Ak partiya sifatida ufqqa tomon intilaveramiz”,-dedi.



Aloqador xabarlar