Eron Tashqi ishlar vaziri Jevad Zarif Turkiyaga tashrif buyurmoqda

Eron Tashqi ishlar vaziri Jevad Zarif poytaxt Ankarada Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an, Bosh vazir Binali Yildirim va Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu bilan uchrashadi.

549922
Eron Tashqi ishlar vaziri Jevad Zarif Turkiyaga tashrif buyurmoqda

Eron Tashqi ishlar vaziri Jevad Zarif ertaga Turkiyaga tashrif buyurmoqda.

Jevad Zarif poytaxt Ankarada Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an, Bosh vazir Binali Yildirim va Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu bilan uchrashadi.

Bo’lib o’tadigan uchrashuvlarda Turkiya-Eron munosabatlari, Suriya va boshqa dolzarb mintaqaviy masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda.

Ma’lum bo’lganidek, Turkiyada Fathulloh Gulen harakatining davlatni to’ntarishga tashabbusidan so’ng, xorij davlatlardan bir qator rasmiylar Turkiya hukumatini qo’llab quvvatlash maqsadida mamlakatga tashrif buyurmoqdalar.

Jumladan, Eron ham Turkiyani qo’llab quvvatlashini mazkur ziyorat orqali ifoda etmoqchi.

 



Aloqador xabarlar