PKK terror tashkiloti yana 2 bekchini shahid qildi

Shahid xabarlaridan biri Turkiyaning Adiyaman viloyatidan, ikkinchisi esa Shirnak viloyatidan keldi.

547954
PKK terror tashkiloti yana 2 bekchini shahid qildi

Turkiyaning Shirnak va Adiyaman viloyatida PKK terror tashkiloti tomonidan uyushtirilgan hujumda 2 qishloq bekchisi shahid bo’ldi.

Shirnakning Uludere tumanida, mashina o’tar chog’ida PKK terror tashkiloti a’zolari tomonidan oldindan yo’lga joylashtirib qo’yilgan va qo’lda yasalgan portlaguvchi moddaning portlatilishi oqibatida 1 nafar qishloq bekchisi shahid bo’ldi.

Adiyamanda esa bekchilar rahbari, o’z uyining oldida terroristlar tomonidan qurolli hujumga uchradi.

Og’ir tan jarohati olgan bekchi rahbari, Adiyaman ta’lim va tadqiqot kasalxonasiga yetkazib borilishiga qaramay shahid bo’ldi.  

Qochib ketgan terroristlarni qo’lga tushirish uchun mintaqada amaliyot boshlatildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Adiyaman , #Shirnak , #shahid

Aloqador xabarlar