Ismail Kahraman Thorbjorn Jaglandni qabul qildi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Ismail Kahraman Yevropa kengashi bosh kotibi Thorbjorn Jaglandni qabul qildi.

544897
Ismail Kahraman Thorbjorn Jaglandni qabul qildi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Ismail Kahraman Yevropa kengashi bosh kotibi Thorbjorn Jaglandni qabul qildi.

Jagland, Fetullahchi terror tashkilotining 15-iyuldagi to’ntarish tashabbusi ortidan Turk demokratik tashkilotlarini qo’llab-quvvatlaganligini ochiq va oydin ko’rsatish maqsadida bu ziyoratni amalga oshirganligini bildirib,

“Turkiyada majlis bilan siyosiy partiyalarning xalq bilan birgalikda Fetullahchi terror tashkilotining 15-iyuldagi to’ntarish tashabbusiga qarshi qanday kurashganligini ko’rish judayam ta’sirli edi” dedi.  

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Ismail Kahraman ham, “yurtimiz mana shunday murakkab kunlarni boshdan kechirar ekan do’stlarimizning bizni qo’llab-quvvatlashi biz uchun har doimgidan yana-da muhimroqdir” dedi. Shuningdek, Yevropa kengashining demokratiya, huquqning ustivorligi va inson huquqlari sohalarida eng muhim tashkilotlardan biri ekanligini belgilab o’tdi.

Kahraman,

“Bu doirada TBMM, Yevropa kengashi bosh bo’lish bilan birga Yevropa Kengashi Parlament assambleyasi tashkilotlari bilan hamkorlik qilishga katta ahamiyat bermoqda. Yurtimiz murakkab kunlarni boshdan kechirdi. Hukumatimiz to’ntarishga tashabbus qilindi. Bu na oddiy to’ntarish tashabbusi edi na haqiqiy to’ntarish tashabbusidek edi. O’tmishi qadimga borib taqalgan bir hodisa edi” dedi.  

 



Aloqador xabarlar