Mehmet O’zhaseki bugun Kayserida edi

Bugun rasmiy ziyorat uchun Kayseriga borgan Atrof-muhitni muhofaza qilish va shaharsozlik vaziri O’zhaseki u yerda Turkiyaning kelajak kun tartibiga to’xtaldi.

541253
Mehmet O’zhaseki bugun Kayserida edi

Atrof-muhitni muhofaza qilish va shaharsozlik vaziri Mehmet O’zhaseki, Fetullahchi terror tashkilotini tuproqga ko’mib, takror o’nib-o’smasligini ta’minlaguvchi chora va tadbirlar ko’rilajagini aytdi.

Rasmiy ziyorat uchun Kayseriga borgan O’zhaseki undan tashqari investitsiyalarning to’xtamay, uzluksiz davom etganligini belgilab,

“To’ntarish tashabbusi bostirildi. Iqtisodiyotimiz yoki boshqa sohalarda hech qanday ishlar oqsagani yo’q. Investitsiyamiz uzluksiz davom etmoqda. Keyingi kunlarda barcha loyihalarimiz ham yo’lga qo’yiladi. Kun tartibimiz investitsiyaga o’zgaradi” dedi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish va shaharsozlik vaziri O’zhaseki,

“Iqtisodiyot uchun kerakli barcha chora va tadbirlar ko’riladi” dedi.



Aloqador xabarlar