Turkiya-Suriya chegarasida yana otishma ro’y berdi

Turkiyaning Gaziantep viloyati, Karkamish tumanidagi Suriya chegarasida turk xavfsizlik kuchlari bilan DEASh terror tashkiloti o'rtasida otishma ro'y berdi.

539350
Turkiya-Suriya chegarasida yana otishma ro’y berdi

Turkiyaning Gaziantep viloyati, Karkamish tumanidagi Suriya chegarasida o’z vazifasini o’tayotgan xavfsizlik kuchlariga qarshi DEASh terror tashkiloti tomonidan o’q uzildi.

Mintaqadagi xavfsizlik manbaalaridan olingan ma’lumotga ko’ra DEAShning Turkiyaga qarshi yuz berishi mumkin bo’lgan hujumining oldini olish va chegara xavfsizligini ta’minlashdan mas’ul xavfsizlik kuchlari Karkamish tumani, Kivirjik mahallasiga yaqin joyda Suriya tomonidan Turkiyaga noqonuniy yo’llar orqali kirishga harakat qilgan bir guruhni payqab qo'lgan.

Xavfsizlik kuchlari DEASh terror tashkilotiga a’zo ekanligi aniqlangan bu kishilarni to’xtashlari uchun ogohlantirdi. Buning oqibatida DEASh a’zolari, DEASh nazorati ostidagi chegaraning yani Halabning Kerablus tumani atrofidan xavfsizlik kuchlariga qarshi o’q uzdi. Askarlarning ushbu hujumga qarshilik berishi natijasida otishma kelib chiqdi.

Qariyb 30 daqiqa davom etgan otishma tufayli chegara liniyasida o’z faoliyatini orttirgan xavfsizlik kuchlari, fuqarolarni chegara yaqinlaridan uzoqlashtirdi.

 

 



Aloqador xabarlar