Oliy harbiy sho’ro  bugun Bosh vazir Binali Yildirim rahbariyatida Chankaya ko’shkida yig’iladi.

Oliy harbiy sho’ro umuman Turk qurolli kuchlarining martabalarini yuksaltish  va tayin ishlari uchun to’planardi, bu safar esa asosiy  kun tartibi esa  Fetullahchi, Terror tashkiloti Parallel davlat tuzilishi  (FETO/ PDY)ning 15-  iyuldagi harbiy to’ntar

539264
Oliy harbiy sho’ro  bugun Bosh vazir Binali Yildirim rahbariyatida Chankaya ko’shkida yig’iladi.

Oliy harbiy sho’ro  bugun Bosh vazir Binali Yildirim rahbariyatida Chankaya ko’shkida yig’iladi.

 Oliy harbiy sho’ro umuman Turk qurolli kuchlarining martabalarini yuksaltish  va tayin ishlari uchun to’planardi, bu safar esa asosiy  kun tartibi esa  Fetullahchi, Terror tashkiloti Parallel davlat tuzilishi  (FETO/ PDY)ning 15-  iyuldagi harbiy to’ntarishni  muhokama qilinadi.

 Oliy harbiy sho’rada  vazifa muddati to’lmagan bosh shtab rahbari qo’shin  generali Hulusi Akar, Quruqlik kuchlari qo’mondoni qo’shin generali Zeki Cho’lak va Havo kuchlari  qo’mondoni qo’shin generali Abidin Unal usulga ko’ra vazifalariga davom etishi  kutilmoqda.

Oldingi  yillarda uch kun davom etgan sho’ro faoliyatlari bu safar  Bosh vazir Yildirim dushanba kuni vazirlar mahkamasidan so’ngra qilgan izohiga ko’ra  sho’ro bir kunda yakunlanadi. 

Sho’ro doirasida olingan qarorlar Prezident Rajab Toyyib Erdo’g’anning   tasdiq qilishi  uchun taqdim etilishining ortidan   e’lon qilinadi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Oliy , #Harbiy , #Sho'ro , #FETO , #Terrrorist , #Yig'iladi

Aloqador xabarlar