Turkiyadan Yunonistonga qochgan 8 harbiyning taqdiri avgust oyida ma'lum bo'ladi

Isyonchi harbiylarning advokatlari ma'lum qilishicha, harbiylar Turkiyaga qaytarilsa, ularning hayoti xavf ostida bo’ladi.

538576
Turkiyadan Yunonistonga qochgan 8 harbiyning taqdiri avgust oyida ma'lum bo'ladi

Turkiyadan Yunonistonga qochgan 8 harbiyning siyosiy boshpana talabiga doir muloqotlari advokatlarining talabiga binoan taxminan 1 oyga qoldirildi.

Isyonchi harbiylarning advokatlari ma’lum qilishicha, muloqotlar 19-25 avgust kuni o’tkaziladi.

Advokatlarning qo’shimcha vaqt talab qilishidan maqsad, Turkiyada vaziyat qanday o’zgaradi va o’lim jazosi berilib, yoki berilmasligini bilishdan iborat.

Shu sababli, xoin harbiylarning advokatlari Yunonistondan qo’shimcha vaqt talab qilmoqda.

Advokatlarning iddaolariga ko’ra, harbiylar Turkiyaga qaytarilsa, ularning hayoti xavf ostida bo’ladi.

Aslida bugun Yunonistonga qochgan ikki harbiyning muloqoti rejalangan edi, shu sababli erta tongda poytaxt Afinaning Katehaki dahasidagi Markaziy boshpana so’rash komitetiga olib kelingan edi.

Eslatma: 15 iyul kuni Turkiyada davlatni to’ntaruv tashabbusi sodir bo’ldi. Harbiy to’ntaruvni Fathulloh Gulen harakati rejalashtirgan.  O’sha kuni davlatni to’ntarishga qatnashgan 8 harbiy to’ntaruv tashabbusi bostirilgach, Yunonistonga qochgan va Yunoniston rasmiylaridan siyosiy boshpana talab qilgan edi.

 

 

 



Aloqador xabarlar