Turkiya-Rossiya aloqalarida yangi davr...

Turkiya Bosh vazir o’rinbosari Mehmet Shimshek va Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi boshchiligidagi turk delegatsiyasi Rossiyaning poytaxti Moskvaga otlanmoqda.

537792
Turkiya-Rossiya aloqalarida yangi davr...

Turkiya-Rossiya aloqalarida yangi davr boshlandi.

Ikki davlat o’rtasidagi aloqalar qayta tiklanishi bilan o’zaro diplomatik say-harakatlar ham boshlab yuborildi.

Jumladan, Turkiya Bosh vazir o’rinbosari Mehmet Shimshek bilan Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi Rossiyaning poytaxti Moskvaga otlanmoqda.

Turkiya Bosh vazir o’rinbosari Mehmet Shimshek boshchiligidagi turk delegatsiyasining Moskvaga tashrifi chog’ida, asosan Turkiyadan Rossiyaga oziq-ovqat mahsulotlarining eksporti, energiya va turizm kabi sohalarda amalga oshiriladigan faoliyatlar batafsil muhokama qilinishi kutilmoqda.

Bu bilan birga, iqtisodiy aloqalarni takror rivojlantirish bilan bir qatorda, siyosiy kelishmovchilikdan avvalgi belgilangan maqsadlarga erishish uchun rejalangan dastur ustida bosh qotiriladi.

Eslatma: 24 noyabr kuni rus samolyotining turklar tomonidan urib tushirilishi oqibatida yuzaga kelgan siyosiy kelishmovchilik Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning o’zaro uchrashuvidan so’ng, bartaraf etildi.

Shuningdek, ikki davlat tashqi ishlar vazirlarining Qoradengiz iqtisodiy hamkorlik yig’ilishi munosabati bilan Rossiyaning Sochi shahrida uchrashishi bilan aloqalar takror izga tusha boshladi.

 

 

 



Aloqador xabarlar