Oliy Harbiy Sho’ro ertaga Chankaya ko’shkida to’planadi

Oliy Harbiy Sho’ro yig’ilishida olingan qarorlar dastlab, Prezident R.T.Erdog’an tomonidan tasdiqlangach, rasmiy gazetada e’lon qilinadi.

538711
Oliy Harbiy Sho’ro ertaga Chankaya ko’shkida to’planadi

Oliy Harbiy Sho’ro ertaga Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim boshchiligida Chankaya ko’shkida to’planadi.

Sho’ro yig’ilishida, Turk Qurolli Kuchlarini qaytatdan shakllantirish va bo’shagan lavozimlarga yangi rahbar tayinlash hamda eng muhim dolzarb masala qatorida, Fathulloh Gulen harakati-Parallel davlat tuzilishining (FETO/PDY) 15 iyulda sodir qilgan davlatni to’ntarish tashabbusiga doir o’zgarishlar muhokama qilinadi.

Lekin, Fathulloh Gulen harakati bilan aloqadorlikda ayblangan 100dan ziyod general va admiral hamda mingdan ziyod ofitserning vaziyatiga doir qaror berish kutilmayotir.

Xizmat muddati to’lmagan Harbiy Bosh shtab raisi general Hulusi Akar, Quruqlik kuchlari qo’mondoni general Cho’lak va Havo kuchlari qo’mondoni general Unal qonun-qoidaga ko’ra, o’z lavozimida xizmatni davom ettiradi.

Avvalgi yillarda uch kun davom etgan sho’ro yig’ilishlari, Vazirlar kengashi qaroriga binoan, bu yil bir kunda yakunlanadi.

Oliy Harbiy Sho’ro yig’ilishida olingan qarorlar dastlab, Prezident R.T.Erdog’an tomonidan tasdiqlangach, rasmiy gazetada e’lon qilinadi.

 

 

 



Aloqador xabarlar