Hulusiy Akar bilan Dunford telefon orqali gaplashdi

Harbiy manbaalardan olingan ma’lumotga ko’ra amerikalik general Dunford, Fetullahchi terror tashkiloti Parallel Davlat qurilishining 15-iyuldagi to’ntarish tashabbusi ortidan Hulusiy Akarga qo’ng’iroq qilib, aloqa o’rnata olmagan.

538970
Hulusiy Akar bilan Dunford telefon orqali gaplashdi

Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi general Hulusiy Akar bilan Amerika Qo’shma Shtatlari Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi general Joseph Dunford telefon orqali gaplashdi.   

Harbiy manbaalardan olingan ma’lumotga ko’ra amerikalik general Dunfordning, Fetullahchi terror tashkiloti Parallel Davlat qurilishining 15-iyuldagi to’ntarish tashabbusi ortidan Hulusiy Akarga qo’ng’iroq qilib, aloqa o’rnata olmaganligi ma’lum bo’ldi.

Hulusiy Akar Turkiyadagi vaziyat tufayli Dunfordga ikki kundan keyingina qo’ng’iroq qildi.. Uchrashuvda Dunford, Akarga hamdardlik bildirdi.

General Dunford ortidan Injirlik va Diyarbakirdagi aviabazaga elektr energiyasi bilan yoqilgi yetkazib berolmaganliklarini aytdi.

Natijada kerakli chora-tadbirlar ko’rilgach amerikalik general minnatdorchilik bildirish uchun takror Hulusiy Akarga qo’ng’iroq qildi.

Ikkinchi uchrashuvda Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi general Hulusiy Akar FETO terror tashkiloti lideri Fetullah Gulenni qaytarib olish to’g’risida Dunforddan yordam so’radi.


Tanlangan kalimalar: #Hulusiy Akar , #Joseph Dunford , #general

Aloqador xabarlar