Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Bosh vaziri Huseyin O’zgurgun Turkiyada...

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Bosh vaziri Huseyin O’zgurgun Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim tomonidan Chankaya ko’shkida marosim bilan kutib olindi.

537817
Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Bosh vaziri Huseyin O’zgurgun Turkiyada...

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Bosh vaziri Huseyin O’zgurgun boshchiligidagi delegatsiya Turkiyaning poytaxti Ankaraga tashrif buyurdi.

Huseyin O’zgurgun Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim tomonidan Chankaya ko’shkida marosim bilan kutib olindi.

Marosimga Turkiya Bosh vazir o’rinbosari Tug’rul Turkesh, Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu, Madaniyat va turizm vaziri Nabi Avji va O’rmon va suv ishlari vaziri Veysel Erog’lu ham qatnashdi.

Marosimdan so’ng, o’zaro va hay’atlararo uchrashuvlar amalga oshirildi.

Uchrashuv chog’ida, Fetullah Gulen harakatining 15 iyuldagi Turkiya davlatini to’ntarishga tashabbus jarayoni muhokama qilinadi.

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga qochgan harbiy isyonchilarning Turkiyaga qaytarilishini talab qildi.

Shuningdek, fursatdan foydalanib Shimoliy Kipr Turk Respublikasida joylashgan Qurolli kuch qo’shinlariga doir vaziyat ham muhokama qilinadi.

Eslatma: Turkiyada 15 iyul kuni sodir bo’lgan harbiy to’ntaruv tashabbusidan so’ng, Fetullah Gulen harakati-Parallel davlat tuzilishi (FETO/PDY) nafaqat Turkiyada, balki Shimoliy Kipr Turk Respublikasida ham terror tashkiloti ro’yxatiga olindi.

 

 



Aloqador xabarlar