Chavushog’lu:"AQSh Fetullah Gulenni Turkiyaga qaytarmasa, ikki davlat munosabatlari zarar ko'radi"

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’luning aytishicha, Amerika bugungacha Turkiyaning talabini inobatga olmay keldi, xavotirlanarlisi shuki, Fetullah Gulen Amerikadan qochishi mumkin.

537173
Chavushog’lu:"AQSh Fetullah Gulenni Turkiyaga qaytarmasa, ikki davlat munosabatlari zarar ko'radi"

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu Fetullah Gulen harakati-Parallel davlat tuzilishining (FETO/PDY) boshlig’i Fetullah Gulenni Turkiyaga qaytarish talabi bilan Amerikaga safar qiladi.

Mevlud Chavushog’lu tez kunlarda Adolat vaziri Bekir Bo’zdag’ hamrohligida Amerikaga jo’nab ketadi.

Fetullah Gulen bilan aloqador bir qancha dalillarni o’z ichiga olgan rasmiy hujjatlar ham Amerikaga olib boriladi.

Turkiya hukumati Amerikaning Pensilvaniya shtatida yashagan Fetullah Gulen harakati-Parallel davlat tuzilishining (FETO/PDY) boshlig’i Fetullah Gulenni Turkiyaga qaytarishni Amerika hukumatidan talab qilmoqda.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’luning aytishicha, Amerika bugungacha Turkiyaning talabini inobatga olmay keldi, xavotirlanarlisi shuki, Fetullah Gulen Amerikadan qochishi mumkin.

“Amerika rasmiylari Fetullah Gulenning mamlakatdan qochishini oldini olish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni oladi degan umiddaman”,-deydi Mevlud Chavushog’lu.

Uning fikricha, Amerika Fetullah Gulenni Turkiyaga qaytarmasa, bundan ikki davlat munosabatlari jiddiy zarar ko’radi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar