Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu BBCni tanqid qildi

BBC muhbirlaridan biri Turkiyada harbiy isyon sodir bo’lgan kuni xalq ichidan isyonchilarni qo’llab quvvatlagan biron kishidan intervyu olmoqchi bo’lgan.

536357
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu BBCni tanqid qildi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu BBCni tanqid qildi.

BBC muhbirlaridan biri Turkiyada harbiy isyon sodir bo’lgan kuni xalq ichidan isyonchilarni qo’llab quvvatlagan biron kishidan intervyu olmoqchi bo’lgan.

Buni aniqlagan Mevlut Chavushog’lu tvitter orqali BBC muhbirini qoraladi.

BBC muhbiri tomonidan jo’natilgan elektron maktubning ekrandagi tasvirini tvitter orqali fosh qilgan Chavushog’lu: “BBC Turkiyada isyonchi harbiylarni qo’llab quvvatlagan va hukumatga qarshi bosh ko’targan birontasini topa olmagani uchun hafa. Hali ko’p hafa bo’lasiz”,-deya kinoyali mulohaza bildirdi.

Tasvirda o’zini “BBC International Tv News Channel” va “BBC World News” ning prodyuseri deb tanishtirgan James Bryant ismli shaxs elektron mail orqali quyidagilarni yozgan edi:

“Turkiyada hukumatni tanqid qiluvchi birontasini topish qiyin bo’lyabdi. O’tgan hafta davlatini maqtab chiqqan bir qancha insondan intervyu oldik. Hukumatga qarshi fikr bildiradigan birontasini topishdan umidvormiz. Siz birontasini tavsiya qila olasizmi?”.

 



Aloqador xabarlar