Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an xalqqa hitob qildi

Prezident Erdog’an dushmanga imkon bermagan turk xalqiga hitob qilar ekan, bu isyon hukumat, millat va Turk Qurolli Kuchlariga nisbatan sodir qilinganini bildirdi.

536230
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an xalqqa hitob qildi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an xalqqa hitob qildi.

Erdog’an harbiy to’ntaruvga tashabbus kunidan buyon maydonlarda to’planib, dushmanga imkon bermagan turk xalqiga hitob qilar ekan, bu isyon hukumat, millat va Turk Qurolli Kuchlariga nisbatan sodir qilinganini bildirdi.

“Aziz xalqim! 15 iyul qurolli to’ntaruvni iymoni bilan bostirgan aziz millatim!

Maydonlarda bir yoqadan bosh chiqarib, Ozodlik urushida bo’lgani kabi mamlakatning kelajagi, erkinligi va demokratiyasini himoya qilgan Turkiya xalqiga minnatdorchilik bildiraman.

Osiyodan to Afrikagacha bo’lgan butun davlatlardan ham Turkiyani mana bunday qiyin kunida qo’llab quvvatlagani va hamdardlik bildirgani uchun minnatdorman.

Isyon paytida vatan uchun jonini fido qilgan shahidlarimizga Allohdan raxmat, yaradorlarga esa, shifo tilayman”,-deydi Prezident R.T.Erdog’an.

U Turkiya xalqiga vahshiylarcha bomba otgan xoinlarga kerakli jazoni beradigan qudratga ega ekanini aytib o’tdi.

“Shahidlarning qoni yerda qolmaydi”,-deydi Prezident Erdog’an.

“Harbiy operatsiyalar muvaffaqiyatli davom etmoqda”,-deya ta’kidlagan Prezident Erdog’an, operatsiyalarda so’ngi raqamlarga ko’ra, 8883 nafar askar, 2101 nafar sudya va prokuror, 1485 nafar politsiya xodimi, 52 nafar idora rahbarlari, 689 nafar oddiy fuqaro bo’lib, jami 13165 kishi qo’lga olindi, 5863 harbiy qamoqqa olindi, bulardan 123 nafari general.

Shuningdek, favqulodda holat e’lon qilingan Turkiyada Fetullah Gulen jamoati bilan aloqadorlikda ayblangan davlat xodimlari ishdan chiqariladi, bu jamoatga xizmat qilgan maktablar, talaba yotoqxonalari, salomatlik muassasalari, uyushmalar yopilib, mol-mulki davlatga musodara qilindi.

Fetullah Gulen jamoati bilan aloqadorlikda ayblanib ishdan chiqarilgan davlat xodimlari davlat ishiga takror olinmaydi.

 



Aloqador xabarlar