Turkiya bugun ham demokratiya uchun navbatchilik qildi

Fetullahchi terror tashkilotining 15-iyul kuni qo’l urgan to’ntarish tashabbusi ortidan Prezident Erdog’an va Bosh vazir Yildirim undoviga binoan maydonlarga chopgan turk xalqi demokratiya uchun navbatchilik qilishni bugun ham davom etdi.

536698
Turkiya bugun ham demokratiya uchun navbatchilik qildi

Fetullahchi terror tashkilotining 15-iyul kuni qo’l urgan to’ntarish tashabbusi ortidan Prezident Rajap Tayyip Erdog’an va Bosh vazir Binali Yildirim undoviga binoan maydonlarga chopgan turk xalqi demokratiya uchun navbatchilik qilishni bugun ham davom ettirdi.

Poytaxtliklar har doimgidek o’z navbatchiligini Anqara markazidagi Kiziloy maydonida davom ettirar ekan unda shahar hokimi Melih Go’kchek bilan ba’zi Adolat va taraqqiyot partiyasidan Anqara deputatlari ishtirok etdi. Ular platformada xalq bilan omonlashib, to’ntarish tashabbusini qoraladi.

Turk bayroqlari bilan birlik va birdamlikni ta’kidlagan poytaxtliklar turkcha va inglizcha shiorlar bilan to’ntarish tashabbusini qoraladi.

Istanbulliklar ham o’z navbatchiligini har doimgidek mashhur Taksim maydonida davom ettirdi.

Taksim maydonida uyushtirilgan yurishga Galatasaray, Beshiktash, Fenerbahche va Trabzonspor jamolari bilan birga ko’plab jamoa jonkuyarlari qo’shildi.

Beyo’g’lidagi Tunnel oldida yig’ilgan jonkuyarlar shiorlar ostida to’ntarish tashabusini qoraladi.

Egnidagi jamoa formalari bilan ishtirok etgan jonkuyarlar bir ovozdan, “To’ntarishga qarshimiz”, “Vatan senga jonim fido”, “Shahidlar o’lmaydi, vatan esa bo’linmaydi” degan shiorlar bilan chiqish qildi.

Shu bilan birga Istanbuldagi Taksim maydonida Jumhuriyat xalq partiyasi rahbarligida “Jumhuriyat va demokratiya” mitingi uyushtirildi.

Taksim maydoniga tashrif buyurgan va platformaga turmush o’rtog’i Selvi Kilichdaro’g’li bilan chiqgan Jumhuriyat xalq partiyasi raisi Kemal Kilichdaro’g’li 10 moddalik manifestini bayon etdi.

Shuningdek Turkiyaning eng yirik shaharlaridan biri Izmirda ham demokratiya uchun xalq navbatchiligi davom etdi.  

Qo’llaridagi turk bayroqlari bilan Izmirdagi Konak maydoniga qarab yo’l olgan izmirliklar, bir yoqadan bosh, bir yengdan qo’l chiqarib milliy irodani himoya qildi.

Tarixiy soat qal’asi atrofida yig’ilgan ko’pchilik, demokratiyaga qaratilgan hujumni keskin qoraladi.

Turkiyaning Samsun viloyatida esa Fetullahchi terror tashkilotining to’ntarish tashabbusiga qarshilik ko’rsatish maqsadida “Bir bayroq ostida” deb nomlangan yurish bo’lib o’tdi.

“1919” metrlik turk bayrog’i bilan amalga oshgan yurishda 20 ming kishi bilan birga Yoshlar va sport ishlari vaziri Akif Chag’atay Kilich ham ishtirok etdi.

Chag’atay Kilich ishtiroki chog’ida barcha siyosiy partiya vakillarining birgalikda ekanligini aytib, samsunliklarga minnatdorchilik bildirdi.  

Turkiyada, yurtning to’rt burchagida minglab yurttoshlar qo’lidagi bayroqlaru, tilidagi shiorlar bilan demokratiya uchun navbatchilik qilishni davom ettirmoqda.


Tanlangan kalimalar: #To'ntarish tashabbusi , #Anqara , #Istanbul

Aloqador xabarlar