Prezident Erdog’an, “France 24” telekanaliga intervyu berdi

Erdog'an ushbu intervyu chog'ida 15-iyul voqeasidan keyingi davlat tashkilotlaridagi ishdan bo'shatishlarga ham to'xtaldi.

535752
Prezident Erdog’an, “France 24” telekanaliga intervyu berdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, 15-iyuldagi to’ntarish tashabbusi chog’ida razvedka tashkiloti faoliyatida zaiflik kuzatilganligini lekin Milliy razvedka tashkiloti maslahatchisi yoki Qurolli kuchlar Bosh shtab rahbarining iste'foga chiqishi haqidagi mish-mishlarning noto’g’ri ekanligini aytdi.

Prezident Erdog’an “France 24” telekanaliga bergan intervyusida davlat tashkilotlarining 40 yildan beri yoyilgan virustan tozalanishi kerakligini ta’kidladi.

Prezident Erdog’an, Milliy razvedka tashkiloti maslahatchisi Hakan Fidan bilan bo’lgan uchrashuvi chog’ida iste’fo masalasining kun tartibiga olib chiqilmaganligini eslatib o’tdi.

“Daryodan o’tar chog’da ot almashtirilmaydi” degan Erdog’an Qurolli kuchlar Bosh shtab rahbarining ham, Milliy razvedka tashkiloti maslahatchisining ham o’z vazifasini davom ettirishlari kerakligini o’z so’ziga ilova etdi.  

Bunga qaramay “Lekin razvedka tashkiloti faoliyatida zayiflik bor” degan Erdog’an MRT va Qurolli kuchlar Bosh shtab rahbari haqidagi vaziyatni Bosh vazir Binali Yildirim bilan muhokama qilajagini aytdi.

Prezident Fransiya, Belgiya, Amerika Qo’shma Shtatlari va Olmoniyadagi teraktlarda ham razvedka zayifligi kuzatilganligini eslatib, hatto Belgiyadagi teraktlarda Turkiya bergan ma’lumot e’tiborga olinmaganligini qo’shimchaladi. Bunga qaramay u yerlarda ham iste’fo masalasi kun tartibiga olib chiqilmaganligini qayd etdi.

Davlat tashkilotlaridagi ishdan bo’shatishlarga ham to’xtalgan Erdog’an, nechchi kishining ishdan chiqarilishining hozircha noaniqligini, FETOning 40 yildan beri davlat tashkilotlarini bosib olishga harakat qilganligini ta’kidlab, nomi tilga olingan terror tashkilotini vujudga tarqagan saraton kasalligiga o’xshatdi.  

Erdog’an Qurolli kuchlar Bosh shtab rahbari, Armiya generali Hulusiy Akarni garovga olganlardan birining Akarga, “Sizni liderimiz Fetullah Gulen bilan uchrashtiraylik” deganligini ham qayd etdi.

 



Aloqador xabarlar