Bosh vazir Binali yildirim Go’lbashidagi maxsus harakat politsiya markazini  ziyorat etdi.

Bosh vazir Binali yildirim, terror tashkiloti  FETOning harbiy to’ntarish harakati paytida bombalangan va 50 kishi shahid bo’lgan Anqara Go’lbashida maxsus harakat politsiya markazini  ziyorat etdi.

535394
Bosh vazir Binali yildirim Go’lbashidagi  maxsus harakat politsiya markazini  ziyorat etdi.

Bosh vazir Binali yildirim, terror tashkiloti  FETOning harbiy to’ntarish harakati paytida bombalangan va 50 kishi shahid bo’lgan Anqara Go’lbashida maxsus harakat politsiya markazini  ziyorat etdi.

Binali Yildirim, maxsus harakat politsiya boshqarmasini bombalanishi mavzusida so’zlagan nutqida,

“  ushbu terror  tashkilot qanchalik jinni bo’lganini, qanchalik insoniyatdan  uzoq ekanini ko’rsatgan boshqa dalil bo’la olmas” dedi.

Harbiy to’ntarish tashabbusi FETO tomonidan  amalga oshirganiga doir eng katta dalillardan biri Go’lbohidagi maxsus harakatni bombalash voqeasi ekanini aytgan Yildirim,

“ Bundan  yana katta dalil  bo’lishi mumkinmi? O’z xalqining ustiga tank haydagan, o’z xalqini havodan va quruqlikdan bombalagan, samolyot bilan bomba yog’dirgan  mazkur  o’lim jinoyatchilarini himoya qilishdan voz keching deb  “ yetarli darajada  norozichilik ko’rsatmagan o’lkalarni ogohlantirdi.

Yurtdoshlar qayg’ulanmasin degan Yildirim,

“ Yurtdoshimizning huzur- halovati, xavfsizlik chora- tadbiri  olingan. Va zaif ham bo’lsa bunday   bir intiqom olishi hisi bilan  harakat qiladigan,  jinnilar bo’lishi mumkin. Bunga qarshi esa  chora- tadbirlar olimoqda” deb aytdi.

Bosh vazir Binali Yildirim, keyinchalik TURKSATni ziyorat etdi.

Yildirim,

“ Maqsadlari radio televideniyelar  efirga uzatish faoliyatini uzib tashlash edi,  faqat bombalagan antenna esa  faoliyatda emas edi. TURSATni  ramz qilib turgan antennani bombaladilar” dedi.

Bosh vazir Binali Yildirim bu yerda so’zlagan nutqida,

“Qisqa muddat TRTni ishg’ol etdilar. TURKSAT  qisqa muddat TRTni efirdan chiqardi va
 shunday qilib efirga uzatish faoliyatlari to’xtatildi. Harbiy to’ntarishning oldini olishda chegarali imkoniyatlari   bilan ishlagan, vatan sevar birodarlarimiz birinchi o’rinda bo’lib  barcha xodimlariga  minnatdorman. Ushbu harbiy to’ntarishning  muvaffaqiyatsiz bo’lish  sabablaridan muhim  biri esa  efirga uzatish faoliyatlarining to’xtab qolmasligi edi dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Bosh , #Vazir , #Binali , #Ersin Yildirim

Aloqador xabarlar