Turkiyada favqulodda holat e’lon qilinganiga doir qaror rasmiy gazetada chop etildi

Konstitutsiyaning 120-moddasi bilan 2935-sonli Favqulodda holatlar qonunining 3-moddasi (b) bandi asosida, mamlakat miqyosida 2016-yil 21 iyul payshanba kuni soat 01:00dan e’tiboran, 90 kun muddat bilan favqulodda holat e’lon qilindi.

534128
Turkiyada favqulodda holat e’lon qilinganiga doir qaror rasmiy gazetada chop etildi

Kecha Turkiya Vazirlar kengashi tomonidan Milliy xavfsizlik kengashining taklifiga binoan 3 oylik favqulodda holat e’lon qilinganiga doir qaror rasmiy gazetada chop etildi.

Rasmiy gazetaning bugungi sonida chop etilgan qarorga ko’ra, Konstitutsiyaning 120-moddasi bilan 2935-sonli Favqulodda holatlar qonunining 3-moddasi (b) bandi asosida, mamlakat miqyosida 2016-yil 21 iyul payshanba kuni soat 01:00dan e’tiboran, 90 kun muddat bilan favqulodda holat e’lon qilindi.

Milliy xavfsizlik kengashining taklifiga binoan olingan bu qaror demokratiya, huquq, erkinlikni himoya qilish va mustahkamlashtirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.

 



Aloqador xabarlar