Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an CNN International telekanaliga intervyu berdi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an:"Xalq vatanga xiyonat qilgan jinoyatchilarni o’lim jazosiga tortishni talab qilmoqda. Men xalqimning talabiga qarshi kela olmayman..."

532378
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an CNN International telekanaliga intervyu berdi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an harbiylarning isyonidan so’ng, CNN International telekanaliga intervyu berdi.

Erdog’an intervyuda Turkiya Oliy majlisida vatan hoinlariga nisbatan o’lim jazosi qarori olinsa, buni tasdiqlashini bildirdi.

Erdog’an Fetullahchi terror tashkilotining boshlig’i Fetullah Gulenni Turkiyaga qaytarish bilan bog’liq savolga shunday javob berdi: “Bundan oldin Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Obamaga bu haqdagi  istagimizni og’zaki ravishda bildirdik. Bu hafta yozma ravishda talabimizni Amerikaga jo’natamiz. Ayni shaklda boshqa g’arb va Afrika davlatlariga ham rasmiy talablarimizni yetkazamiz”,-dedi.

Agar, amerikalik rasmiylardan Fetullah Gulenni Turkiyaga qaytarish bilan bog’liq ijobiy javob kelmasa, Turkiyadan talab qilinadigan aybdorlar ham qaytarilmasligini ma’lum qildi.

Amerika bugungacha Turkiyadan qaysi terroristni talab qilgan bo’lsa, xalqaro qonun-qoidalar asosida topshirilganini eslatgan Erdog’an: “Amerika bizdan talab qilgan paytda, strategik hamkorimiz deya talabini inobatga oldik. Ular nima uchun qaytarmasinlar? Amerika ham Turkiya talab qilgan shaxsni qaytarishga majburdir. Agar qaytarmagan taqdirda, biz ham Amerikaga nisbatan xuddi shunday munosabatda bo’lamiz”,-dedi.

Takror o’rtaga tashlangan o’lim jazosini qayta tiklash masalasiga to’xtalgan Erdog’an bu xalqning jiddiy talabi ekanini aytib o’tdi.

“Bu jarayonda vatanga xiyonat qilindi. Xalq vatanga xiyonat qilgan jinoyatchilarni o’lim jazosiga tortishni talab qilmoqda. Men xalqimning talabiga qarshi kela olmayman. Buni konstitutsiyaviy qarorga aylantirishimiz zarur. Agar parlamentda bunday qaror olinsa, uni tasdiqlashga tayyorman”,-deydi Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an.

Qolaversa, Prezident Erdog’an harbiylar davlatni to’ntarishga kirishgan kuni barcha hodisalardan xabardor bo’lib turganini aytdi.

Ma’lum bo’lgani kabi, isyonchi harbiylar o’sha kuni Marmarisda bir mehmonxonada dam olayotgan Prezident Erdog’anga suiqast uyushtirish maqsadida hujumga o’tgan.

Prezident Erdog’an: “Agar o’sha kuni Marmarisda yana 15 daqiqa qolganimda edi, meni o’ldirgan bo’lardilar, yoki garovga olgan bo’lardilar”,-dedi.

 



Aloqador xabarlar