Xoin harbiy to’ntarishning rejalari...

Jahon tarixida balki ilk marta bir xalq bir yoqadan bosh chiqarib, isyonni daf qildi.

531950
Xoin harbiy to’ntarishning rejalari...
darbe girişimi ve sonrası1.jpg

Jahon tarixida balki ilk marta bir xalq bir yoqadan bosh chiqarib, isyonni daf qildi.

Davlatning qurolini xalqqa o’qtalgan, davlatning jangovar samolyotlari bilan xalq ustiga bomba tashlagan harbiy hoinlar xalqning g’azabiga uchradi.

15 iyul kuni tunda turk millati go’yo doston yozdi.

Xalq: “Vatanimizga, bayrog’imizga, prezidentimizga, majlisimizga, do’stligimizga, diniy e’tiqodimizga, hayot tarzimizga qo’l tekkiza olmaysiz!”,-deya hayqirdi.

Bu yo’lda jon bergan 208 qahramonning ruhi shod bo’lsin!

Harbiy isyonchilar 16 iyul kuni erta tong arafasida sodir qilishni rejalashtirgan harbiy to’ntaruv sezilishi bilan 15 iyul kuni oqshom paytlarda amalga oshirildi.

Aslida, bu falokat 16 iyul kuni tongda sodir bo’lganda edi, juda ko’p inson nobud bo’lardi va qon to’kilardi.

Vatan hoinlari aslida buni rejalashtirgan edi.

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anning chaqirig’i bilan xalq maydonlarda to’plandi va isyonchilar bostirildi.

Dastlab, harbiy to’ntaruvga doir ma’lumotlar 15 iyul oqshom paytlarda Ankaradagi Harbiy Bosh shtab rahbariyatidagi shovqin-suron natijasida ma’lum bo’ldi.

Harbiy Bosh shtabda qurol ovozlari eshitildi va vertolyotdan turib insonlarga o’q uzildi.

Ankara samolarida jangovar samolyotlar past masofadan uchib xalqni qo’rqitishga urindi.

Samolyotlardan va harbiy vertolyotlardan ba’zi davlat qarorgohlariga o’q uzildi, ba’zi davlat idoralari portlatildi, xalqning ustiga tanklar bilan bostirib borildi.

Turkiya Oliy majlisi, Harbiy Bosh shtab qarorgohi, Milliy xavfsizlik tashkiloti (MİT), Ankara Xavfsizlik boshqarmasi va Politsiya maxsus harakat markazi ketma-ket portlatildi.

Harbiy Bosh shtab raisi general Hulusi Akar isyonchi harbiylar tomonidan garovga olindi.

Isyonchi harbiylar tomonidan tayyorlangan “Qattiq tartib” qarorini imzolashga rozi bo’lmagan general Hulusi Akar kamar bilan bo’g’ishga harakat qilingan.

Ushbu qaror matnida “Turk Qurolli kuchlari davlat boshqaruvini qo’lga oldi” deb yozilgan edi.

O’sha paytlarda Istanbulda “Bog’ozichi” ko’prigi va “Fatih Sulton Mehmet” ko’prigi hamda Xalqaro Otaturk aeroporti bir guruh askar tomonidan to’sib qo’yilgan edi.

Ayni paytda, Turkiya teleradiokompaniyasi TRT ham bir guruh harbiylar tomonidan ishg’ol qilindi.

Isyonchilar TRT telekanal studiyalarini bosib xodimlarni qurol bilan qo’rqitdi.

“Turk Qurolli kuchlari davlat boshqaruvini qo’lga oldi” deb yozilgan soxta matn qurol bilan qo’rqitilgan holda jonli efirda o’qitildi.

Lekin, Turkiya miqyosida yuz mingdan ortiq xalq qo’lida turk bayroqlari bilan ko’chalarda, maydonlarda to’planib, davlatni to’ntarmoqchi bo’lgan isyonchilarga qarshi bosh ko’tardi.

Davlatga xiyonat qilmagan haqiqiy generallar isyonchi harbiylarni bu yo’ldan qaytishga va kazarmalariga qaytishga da’vat qildi.

Xalqning kuchi bilan TRTdagi isyonchilar qo’lga olindi, ba’zilari qochishga muvaffaq bo’ldi.

Ko’p o’tmay, TRT telekanallari takror o’z faoliyatini davom ettira boshladi.

 

 

 

 

 

Milliy razvedka tashkiloti, bir muddat so’ngra, harbiy to’ntarish tashabbusi bartaraf qilindi deb bildirdi.

Tong paytigacha  o’zlaridan xabar olina olmagan Bosh shtab  rahbari Hulusi Akar, uyushtirilgan bir  operatsiya bilan qutqarildi.

Buning bilan birgalikda harbiy to‘ntaruvchilar ishg’ol etgan bosh shtab  rahbariyatining xabar sistemasidan  tarafdor birliklarga yuborgan xabarda  esa favqulodda boshqaruv buyurug’i bergani ma’lum bo’ldi.

Favqulodda holat  buyurug’i  aniqlandi.

Buyuruq, 15 iyul( Turkiya soati bilan)15.22da, 3  sahifa va 20 modda tashkil topdi.  

Bunga ko’ra, Turkiya soati bilan 03:00da boshqaruvni bosib olmoqchi edi.  Ko’chaga chiqish qatag’oni   esa 06:00da boshlanardi.

Bosh shtab rahbariyat xabar yo’llash birligidan Turk qurolli kuchlariga  xabar sistemasiga  kirib yuborilgan so’zda  favqulodda holat hujjati, Yurtda tinchlik xuntasi rahbari genral mayor  Mehmet Partiko’ch va Polkovnik Jemil Turhan” imzoladi.

Bildirishning qo’shimchalarida esa favqulodda holat qo’mondonliklari,  favqulodda holat mahkamalarida vazifa olib boradigan  xodimlarning ro’yxati bilan boshqa  so’z xodim tayinlash qarorlari mavjud edi.  

 

Xo’p xoin harbiy  to’ntarish  tashabbus nima uchun 15 iyul oqshomini tanladi?

Juda maxfiy yuritilgan xoin reja, bir vatan sevar askar  tomonidan politsiya qo’ng’iroq qilib “ a skarlar  bugun ertalab tong payti  askarlar kazarmadan chiqib harbiy to’ntarish uchun qatli om qiladi deb  maxfiy xabari bilan  reja buzildi.

Erta tongda  amalga oshirilmoqchi bo’lgan harbiy to’ntarish rejasi ifsho bo’lgandan keyin, FETOChi guruh, vahimaga tushib, ishg’ol rejasini erta  tatbiq etish majburiyatida qoldi.  

Nazarda tutilgan rejadan 8 soat oldin kazarmadan chiqqan xoinlar, Xavfsizlikni saqlash birligi, 1- Qo’shin qo’mondonligining olgan chora- tadbirlari va Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’anning  iroda jasorati bilan milliy iroda, demokratiya navbati bilan bartaraf etildi.

Maxsus kuchlar qo’mondonligini qo’lga kiritmoqchi bo’lgan to’ntaruvchi general mayor  Semih Terzi, bu yerda buyurug’idagi afisari tomonidan peshonasidan urib o’ldirildi. 

Amr afitsari, general polkovnikning  yonidagi xoinlar tomonidan shahid qilindi.

Maxsus kuchlar qo’mondonligini qo’lga kiritishga  urinar ekan nazoratga olingan va bergan ifodalaridan so’ngra nazoratga olingan ba’zi askarlar, prezidentlik muhofiz  birligi   qurollangan deb e’tirof etdilar.

Nazoratga olingan harbiy to’ntaruvchi askarning e’tirofi shunday:

“ 15 iyulda askarlar harbiy mashg’ulot bahonasi bilan prezidentlik muhofiz birligiga olib kelindi. Bu yerda askarlarga  kamuflaj, qurol va o’q- dori tarqatildi.”

Turk quroli kuchlaridagi FETO mansubi bir guruh afitsar tomonidan boshlatilgan tashabbus, xalqning ham himoyasi bilan taxminan 22 soatda nazoratga olingan.

Orqada  ikki narsa qoldi.

Birinchisi, xalqning irodasini garovga olishga   hech qachon ruxsat berilmasligi

Ikkinchi esa, yurtdoshini va uning majlisini bombalaganlarning nomi  “ Turk askari”  bo’la olmasligi...

 


Tanlangan kalimalar: #Xoin , #harbiy , #To'ntarish , #Reja , #ifsho , #Bartaraf , #Qilindi

Aloqador xabarlar