Turkiyada 80 nafar sudyani qo’lga olish to’g’risida qaror qabul qilindi

Hukumatni to’ntarish tashabbusiga doir yuritilgan operatsiyalar doirasida Fetullahchi terror tashkiloti "FETO"ga xizmat qilgan sudya va prokurorlar aniqlanmoqda.

531740
Turkiyada 80 nafar sudyani qo’lga olish to’g’risida qaror qabul qilindi

Hukumatni to’ntarish tashabbusiga doir yuritilgan operatsiyalar davom etmoqda.

Operatsiya doirasida Fetullahchi terror tashkiloti "FETO"ga xizmat qilgan sudya va prokurorlar aniqlanmoqda.

Sudya va Prokurorlar Oliy kengashi (HSYK) 80 nafar sudyani qo’lga olish to’g’risida qaror qabul qildi.

Qo’lga olinganlar Ankara Xavfsizlik boshqarmasida tutilmoqda.

Bulardan 2 nafari Konstitutsiya sudida, 4 nafari Sudya va Prokurorlar Oliy kengashi (HSYK)da, 6 nafari Oliy sudda, 18 nafari Respublika kengashida faoliyat ko’rsatadi.

Bir qancha viloyatda olib borilgan operatsiyalarda qo’lga olingan 100dan ortiq sudya va prokurordan 60 nafari qamoqqa olindi.

17 sudya va prokuror xorijga chiqishi man qilingan holda, adliy nazorat sharti bilan qo’yib yuborildi.

Yana bir sudya xavfsizlik nazoratiga olingan holda qo’yib yuborildi.

Bundan tashqari, yana 88 sudya va prokuror ustidan qo’lga olinish to’g’risida qaror olindi.

Hozirda bu qarorni bajarish maqsadida kerakli faoliyatlar olib borilmoqda.

Fetullahchi terror tashkiloti "FETO"ga aloqadorligidan gumon qilingan sudya va prokurorlardan 42 nafari qamoqqa olindi.

 

 

 



Aloqador xabarlar