Prezident Erdog'an, Kisiklida yig'ilgan yurttoshlariga xitob etdi

Prezident Erdog'an xitobi chog'ida, yurttoshlar savoliga ham javob berdi.

531369
Prezident Erdog'an, Kisiklida yig'ilgan yurttoshlariga xitob etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Turkiya Buyuk Millat Majlisi bilan Prezidentlik kulliyasini bombalagan Fethullahchi terror tashkilotining, vatan haqida hech qanday tashvishi yo’qligini aytdi.

To’ntarishchi terroristlarga qarshi bir yoqadan bosh, bir yengdan qo’l chiqargan holda kurash olib borilishi kerakligini aytgan Erdog’an,

“Yurtimizni aslo ularga topshirib qoymaymiz” deya gapirdi.

Prezident, Istanbuldagi uyi oldida yig’ilgan yurtdoshlariga xitob etdi.

Xavfsizlik kuchlari tomonidan yurtning bir necha mintaqasida harbiy amaliyot olib borilayotganligini belgilab o’tgan Erdog’an, Amerikadan takror FETO rahbarining qaytarib berilishini talab qildi.

Erdog’an xitobi chog’ida, 15-iyul to’ntarishchilari uchun o’lim jazosining talabi haqidagi tinglovchilari savolga esa,

“Bu talabingiz bizga yetib keldi va bu masala albatta ko’rib chiqiladi. Sizning bu talabingizni eshitmaslikga ololmaymiz. Demokratiyada xalqning aytgani bo’ladi. Shuning uchun ham men o’ylayman ki hukumatimiz bu masalani muxolifat bilan muzokara qilib, albatta kerakli chorani ko’radi” deya javob berdi.   

Yurttoshlaridan maydonlarni tark etmasliklarini ham talab qilgan Prezident, ko’chalarni ham bosh qoymasliklarini talab qildi.



Aloqador xabarlar