Va nihoyat turk hay'ati Moskvada

O’tgan yilning 24-noyabri kuni yuz bergan uchoq muammosi ortidan Turkiya-Rossiya munosabati sovuqlashib ketgan edi.

529343
Va nihoyat turk hay'ati Moskvada

Sochida 1-iyul kuni bo’lib o’tgan Tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi ortidan ikki mamlakatning rasmiy hay’atlari bugun ilk bora Moskvada uchrashuv o’tkazadi.

Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Turizm va Transport vazirligi nomidan Rossiyaga borgan turk hay’atning rus kasbdoshlari bilan o’tkazadigan yig’ilishi kun tartibi esa turizm va o’zaro munosabatlardan iborat.

Rossiya Federatsiyasining taklifiga binoan amalga oshirilgan ushbu ziyoratda,shuningdek  ikki davlat o’rtasidagi charter safarlarining ham takror yol’ga qo’yilishi, sayyohlarning xavfsizligi uchun chora tadbirlar bilan turizm sohasidagi hamkorliklar ham muhokama qilinadi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya-Rossiya , #uchoq muammosi , #Moskva

Aloqador xabarlar