Turkiya-Suriya chegarasida 122 nafar iroqlik qo’lga tushdi

Huddi mana shu chegara nuqtasida, oxirgi bir oy mobaynida qo’lga tushgan iroqliklar soni 500 nafarga yetdi.

529283
Turkiya-Suriya chegarasida 122 nafar iroqlik qo’lga tushdi

Turkiyaning Hatay viloyati, Yayladag’i tumanida Suriya chegarasidan noqonuniy yo’llar orqali Turkiyaga kirishga harakat qilgan 122 nafar Iroq fuqarosi qo’lga tushdi.

Suriya chegarasida nazorat faoliyatlari yuritgan harbiylar tomonidan qo’lga tushgan iroqliklar orasida ayollar bilan yosh bolalarning ham borligi ma’lum bo’ldi.

Iroqliklar, deportatsiya qilinish maqsadida qaytarib yuborish nuqtalariga jo’natildi.

Oxirgi amaliyot orqali, Yayladag’i chegarasida bu oy mobaynida qo’lga tushgan iroqliklar soni 500 nafarga yetdi.   

 



Aloqador xabarlar