Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Ramazon hayiti munosabati bilan butun islom olamiga tabrik yo’lladi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an o’z tabrigida bunday bayramlar musulmon olamida milliy birlik va hamjihatlikni mustahkamlashtirish uchun katta fursat ekanini tilga oldi.

523669
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Ramazon hayiti munosabati bilan butun islom olamiga tabrik yo’lladi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Ramazon hayiti munosabati bilan butun islom olamiga tabrik yo’lladi.

U o’z tabrigida bunday bayramlar musulmon olamida milliy birlik va hamjihatlikni mustahkamlashtirish uchun katta fursat ekanini tilga oldi.

Bugungi kunda islom olami qiyin kunlarni boshidan o’tkazayotganini aytib o’tgan prezident Erdog’an: “Islom olami bayram qilar ekan, Afg’oniston, Suriya kabi musulmon davlatlar bayram qilish o’rniga, qiyinchilikda kun kechirmoqda. Afsuski, Turkiyada ham bayram sevinchi terrorchilik harakatlari oqibatida motamga aylandi”,-dedi.

Yaqin sharq va Yevropada jiddiy muammolar yuzaaga kelganini aytib o’tgan prezident Erdog’an, tashqi siyosatdagi o’zgarishlarga e’tibor qaratdi.

Isroil va Rossiya bilan yo’lga qo’yilgan kelishuv kelajak uchun umid paydo qilganini bildirgan Erdog’an: “Suriya masalasi, terrorizm, mazhab to’qnashuvlaridan kelib chiqqan tangliklarni bartaraf etib, to’xtab qolgan aloqalarimizni qaytatdan tiklashga harakat qilyabmiz. Yo’limizdagi to’sqinliklarni bartaraf etyabmiz. Davlat sifatida yana ham kuchli bo’lishga g’ayrat qilyabmiz. Terrorizm bizni yenga olmaydi”,-dedi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #ramazon , #hayit , #bayram , #tabrik , #prezident , #Erdog'an

Aloqador xabarlar