Turkiya bilan Isroil o’rtasidagi aloqalarni qayta tiklashga doir bitim Turkiya tomonidan imzolandi

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi Feridun Sinirliog’lu bugun soat 11:00da Tashqi ishlar vazirligida matbuotga yopiq shaklda bitimni imzoladi.

519833
Turkiya bilan Isroil o’rtasidagi aloqalarni qayta tiklashga doir bitim Turkiya tomonidan imzolandi

Turkiya bilan Isroil o’rtasidagi aloqalarni qayta tiklashga doir bitim Turkiya tomonidan imzolandi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi Feridun Sinirliog’lu bugun soat 11:00da Tashqi ishlar vazirligida matbuotga yopiq shaklda bitimni imzoladi.

Tomonlar bitimni o’z davlatida imzolaydi, jumladan Isroil nomidan bitimni Tashqi ishlar vazirligi bosh direktori Dore Gold Isroil Tashqi ishlar vazirligida imzolaydi.

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim ma’lum qilishicha, bitim ikki davlatning tashqi ishlar vazirliklarida imzolanadi, so’ngra Isroil vazirlar mahkamasi bilan Turkiya Oliy majlisi tomonidan tasdiqlangach, kuchga kiradi.

Bu jarayonda ikki davlat o’zaro elchi tayinlaydi.

 



Aloqador xabarlar